Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

  •   DiMaX
  •  4123
  •  21.05.2020 10:54

Samsung «o‘ldirib bo‘lmas» Galaxy S20 taqdim etdi, lekin uni hech kim sotib ololmaydi! (+video)

Shu yilning fevralida Galaxy S20 turkumi smartfonlarini taqdim etgan Samsung kompaniyasi endi standanrt flagmanning maxsus versiyasini yaratdi. Galaxy S20 Tactical Edition deb nomlangan ushbu yangi model harbiy maqsadlarga ishlatishga mo‘ljallangan.

O‘QING: iPhone SE 2’dan qo‘rqqan Samsung eng yangi flagmanlarini 50% chegirma bilan sotyapti!

Yangi flagman AQSh federal hukumati va Mudofa vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan. Galaxy S20 Tactical Edition modelida harbiylarning sirlarini ishonchli saqlash uchun ikki bosqichli shifrlash qo‘llanadi. Mazkur qurilma qadoqdanoq harbiy taktik radioaloqaga hamda missiyalarni boshqarish tizimlariga ulana oladi.

Galaxy S20 Tactical Edition modelini tungi ko‘rish ko‘zoynaklari bilan qo‘llash uchun maxsus rejim ko‘zda tutilgan. «Josus» rejimi esa uyali va radio aloqasini uzib qo‘yadi. Qurilmani harbiy xizmatchining ko‘kragiga mahkamlab qo‘yilganida gorizontal holatda blokdan chiqarish osonlashtirilgan.

Smartfon 6,2 dyuymlik ekran, Snapdragon 865 chipi, 12/128 GBlik tezkor/ichki xotira, 4000 mA/soatlik akkumulyator, standart Galaxy S20 flagmanidagi kabi kameralar jamlanmasiga ega. Lekin uni maxsus himoya g‘ilofi va alohida dasturiy ta’minot bilan ta’minlashgan.

O‘QING: LG atigi 150 dollarga uchtalik kamerali, «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon chiqardi! (+«jonli» video)

Quyidagi videoda Samsung Galaxy S20 Tactical Edition’ning ayrim imkoniyatlarini ko‘rish mumkin:

Samsung Galaxy S20 Tactical Edition joriy yilning uchinchi choragida seriyali tarzda chiqariladi, ammo ochiq savdoga qo‘yilmaydi. Biroq undagi Juggernaut IMPCT himoya g‘ilofini istovchilar 55 dollarga sotib olishlari mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Xiaomi «o‘ldirib bo‘lmas» smartfon tayyorlabdi: Comet ilk «jonli» rasmlarda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!