Samsung o'rta darajali smartfonlaridan bitta kamerani olib tashlaydi

Samsung o'rta darajali smartfonlaridan bitta kamerani olib tashlaydi

Odatda Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy A seriyasidagi smartfonlarini 4 tagacha kameralar bilan ta'minlaydi. Ularning ikkitasi asosiy va ultrakeng kameralar bo'lsa, qolgan ikkitasi makro va chuqurlik kameralaridir. The Elec nashrining xabar berishicha, endilikda Janubiy Koreya kompaniyasi keyingi yildan boshlab o'zining o'rta darajali smartfonlaridan kamdan-kam ishlatiladigan chuqurlik kamerasini olib tashlaydi. Kompaniya o'z smartfonlarida raqamlarni ko'paytirish o'rniga mavjud kameralarni yaxshilash va xarajatlarni kamaytirish uchun bu qarorga kelgan.

Shunday qilib, Galaxy A24, A34 va A54 smartfonlari uchlik kamera: asosiy, ultrakeng va makro sensorlariga ega bo'ladi. Ma'lum bo'lishicha, bo'lajak Galaxy A24 50MP asosiy kamera, 8MP ultrakeng va 5MP makro kameraga ega bo'lishi mumkin. Galaxy A34 esa 48MP asosiy, 8MP ultrakeng va 5MP makro kamera bilan chiqariladi. Galaxy A54 keladigan bo'lsa, u 50MP asosiy, 5MP ultrakeng kamera bilan 5MP makro kameraga ega bo'lishi aytilmoqda.

O'QING: Galaxy S22 Ultra'ning ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadi Samsung bitta smartfondan voz kechadi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!