Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

  •   DiMaX
  •  6536
  •  04.11.2019 09:05

Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

Ko‘p yillardan beri mobil protsessorlar ishlab chiqarishda Qualcomm kompaniyasi yetakchilik qilib kelayotir. Ishlash samaradorligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda esa Samsung Exynos chipsetlari turadi, ammo ular asosan kompaniyaning o‘z qurilmalarida qo‘llanadi.

O‘QING: Samsung yo‘l berdi: Exynos 980 protsessorli ilk 5G-smartfonni xitoyliklar chiqarishyapti! (+video)

Endi esa Samsung o‘zining mobil chiplari uchun ARM yadrolari modernizatsiyasi bilan shug‘ullanib kelayotgan bo‘limini yopayotir. Kompaniyaning mobil protsessorlari uchun yadrolar ishlab chiquvchi ilmiy-tadqiqot markazi Texas shtatidagi Ostin shahrida joylashgan. Uning faoliyati shu yilning 31 dekabrida tugallanishi haqidagi hujjatlar allaqachon Texas shtati Mehnat resurslari komissiyasiga topshirilgan.

Ta’kidlash kerakki, Ostin shahridagi Samsung fabrikasida jami 3000 nafarga yaqin xodim ishlaydi. Uning tarkibiga kiruvchi ilmiy-tadqiqot markazida ishlab kelayotgan 290 nafarga yaqin xodimga allaqachon kompensatsiyalar to‘langan va korxonaning yopilishi haqida ogohlantirilgan.

Samsung o‘z biznesini optimizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish uchun chipsozlikdan chiqib ketayotganini aytgan. Shuningdek, ayni damda Qualcomm kompaniyasi samaradorlik va energiya tejamkorligi jihatidan a’lo darajadagi protsessorlar ishlab chiqarayotganini ta’kidlagan. Ya’ni, janubiy koreyalik gigant o‘zining Exynos protsessorlarida ishlovchi qurilmalar Qualcomm chipsetlari bazasidagi gadjetlarga yengilishini tan olgan.

O‘QING: TOP-10: «Sun’iy ong»li smartfonlar protsessorlari reytingi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!