Samsung o‘z mijozlariga spam yubormoqda

Samsung o‘z mijozlariga spam yubormoqda

Koreys kompaniyasi marketing strategiyasi sifatida Samsung smartfonini xarid qilish uchun allaqachon ancha mablag‘ sarflab bo‘lgan foydalanuvchilariga endi Galaxy Note 10 xarid qilishni taklif qilib, spam xabarlar yubormoqda.

BGR saytining Android Police nashriga asoslanib xabar berishicha, o‘tgan haftada taqdim qilinganidan buyon, Galaxy smartfonlarida Galaxy Note 10 linkeykasidagi flagmanlarni reklama qiluvchi push-bildirishnomalar paydo bo‘lmoqda.

Foydalanuvchilarning ma’lum qilishicha, eng kamida uchta avvaldan o‘rnatilgan ilovalar: Bixby, Samsung Pay va Samsung Push Service'lardan bildirishnomalar kelmoqda. Bixby undan Note 10 haqida ma’lumot so‘rashingizni taklif qilmoqda; Samsung Pay esa mahsulot sahifasiga o‘tsangiz, tekin ballar berilishini xabar qilmoqda; Samsung Push Service'da esa spam reklama bannerlari paydo bo‘lmoqda.

Odatda, Bixby reklamalarini o‘chirib qo‘yishning imkoni bor. Buning uchun Bixby'ga kirib, yuqoridagi o‘ng burchakda joylashgan menyuni ochib, undan Sozlamalarga o‘tasiz. Shu yerdan Marketing bildirshnomalarini o‘chirib qo‘yish mumkin. Vaholanki, aynan hozirgi reklamalarni o‘chirib qo‘ymoqchi bo‘lsangiz, pop-up xabar paydo bo‘lib, reklamani o‘chirish imkoni mavjud emasligi aytilmoqda.

Samsung bir necha yillardan buyon o‘z mijozlariga mana shunday reklamalar jo‘natib keladi. Ammo har safar ushbu voqea sodir bo‘lganda, kutilgan natija emas, balki aynan uning aksi kuztilsa ham, kompaniyadagilar mijozlarini yangi qurilma xarid qilishga undashdan to‘xtamayapti. Android Police sayti muxbiri Korbin Davenport (Corbin Davenport) Galaxy S10e xarid qilganda ham mana shunday reklamalar paydo bo‘lganini yozadi.
Ushbu marketing texnikasi bilan Samsung ko‘plab mijozlarini bezdirayotgani ehtimoli yuqori.

O‘QING: Samsung Galaxy M20s'ning 6000 mA/soatlik akkumulyatori "jonli" suratda

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!