Samsung o'z qurilmalarining batareyasi uzoqqa yetmasligini biladimi?

Samsung o'z qurilmalarining batareyasi uzoqqa yetmasligini biladimi?

Samsung kompaniyasi 10,000 mA/s batareya sig'imiga ega bo'lgan va 25 Vt tezlikda quvvat bera oladigan Galaxy poverbankini taqdim qildi. U nozik va minimalistik dizaynga ega bo'lib, qayta ishlangan materiallardan tayyorlangan.

Galaxy poverbanki ikkilik USB-C portiga ega va ular bilan bir vaqtning o'zida ikkita qurilmalarni zaryadlash mumkin. Portlarning bir tomonida batareya statusini ko'rsatib turadigan to'rtta indikator bo'lsa, narigi tomonida uni o'chirib-yoqish tugmasi bor. 

Ma'lum bo'lishicha, poverbank faqat birgina qurilma zaryadlayotgandagina 25 Vt tezlikda quvvat bera oladi. Agar ikki qurilma ulangan bo'lsa, maksimal zaryadlash tezligi ikkala qurilma uchun ham 9 vattgacha tushadi.

148 x 70 x 15.6 mm o'lchamdagi poverbank atigi 210 gramm og'irlikda bo'lib, u faqat oq rangda sotuvga chiqarilgan. Quti ichida u ikkala tomoni ham USB-C bo'lgan faqat bitta kabel bilan keladi. Agar poverbank bilan ikkita qurilmalarni quvvatlamoqchi bo'lsangiz ikkinchi USB-C kabelni alohida sotib olishingiz kerak.

Afsuski, Galaxy poverbanki narxi ma'lum qilinmagan. U hozirda Belgiyada sotuvga chiqarilgan.

O'QING: "Uyensday" serialidagi "qo‘l" robot shaklida yaratildi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.