Samsung o‘z saytiga Galaxy Note 20 Ultra’ning sifatli suratlarini chiqardi!

  •   DiMaX
  •  2331
  •  02.07.2020 09:52

Samsung o‘z saytiga Galaxy Note 20 Ultra’ning sifatli suratlarini chiqardi!

Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarini Samsung joriy yilning 5 avgustida taqdim etishi kutilmoqda. Internetda esa shu paytgacha ularning turli xususiyatlari haqida insayderlik ma’lumotlari va render suratlari tarqalib kelmoqda.

O‘QING: Yer dumaloq, Galaxy Note 20 esa ...

Kecha – 1 iyul sanasida Samsung o‘zining Rossiya va Ukrainadagi saytlariga tasodifan hali rasman taqdim etilmagan smartfon suratini chiqardi. Chet manbalar uni Galaxy Note 20 Ultra modeli, deyishmoqda. Kompaniya o‘z xatosini payqab qolib, saytlardan bu rasmlarni olib tashlagan, lekin shungacha turli nashrlar ularni ko‘chirib olishga ulgurishgan.

Yuqoridagi rasmda yangi – Mystic Bronze deb nomlangan rangli fablet aks ettirilgan va Galaxy Note 20 turkumi reklamasida Samsung asosan shu rangni qo‘llasa kerak.

O‘QING: Samsung Galaxy Note 20'larning iPhone 12'larni yer tishlatadigan jihati nima bo‘lishini bilasizmi?

Qizig‘i shundaki, ayni shu yuqoridagiga o‘xshash dizaynni mashhur insayder OnLeaks joriy yilning may oyidayoq render sifatida ko‘rsatgan edi:

Eslatib o‘tamiz, janubiy koreyalik texnogigantning Samsung Display kompaniyasi yaqinda yangicha – LTPO texnologiyasi asosida tayyorlangan displey taqdim etgan. Samsung uni ilk bor o‘zining Galaxy Note 20 Ultra fabletida qo‘llamoqchi.

O‘QING: Samsung’ning eng arzon 5G-smartfoni – Galaxy A42 haqida ilk ma’lumotlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!