Samsung o‘z smartfonlariga barqaror Android 12 operatsion tizimini jo‘natishni boshladi

Samsung o‘z smartfonlariga barqaror Android 12 operatsion tizimini jo‘natishni boshladi

Samsung o‘tgan oydan beri o‘z smartfonlariga Android 12 operatsion tizimining Beta versiyasini jo‘natib kelmoqda. 

Kecha kompaniya Galaxy Z Flip 3 hamda Z Fold 3 qurilmalariga barqaror Android 12 operatsion tizimini yuborishni boshladi. 

Galaxy Z Flip'ga kelgan proshivka model raqami F711BXXU2BUKM bo‘lib, hozirda yangilanish Serbiyadagi Z Flip 3 smartfonlariga jo‘natilmoqda. Keyinchalik proshivka boshqa davlatlardagi Z Flip 3 qurilmalariga ham jo‘natiladi. 

Shuningdek, barqaror Android 12 tizimi Galaxy Z Fold 3 smartfoniga ham kelishni boshladi. Uni birinchi bo‘lib koreyalik foydalanuvchilar qabul qilib olishadi. 

O‘QING: 19 ta Xiaomi va Redmi smarfonlari Android 12 operatsion tizimiga o‘tishni boshladi