Samsung o'z smartfonlariga yangi "ta'mirlash" rejimini qo'shmoqda

Samsung o'z smartfonlariga yangi

Smartfonni uning ichida butun boshli yozishmalar, shaxsiy suratlar bilan bir necha soat yoki bir necha kunga ta'mirlashda qoldirish, albatta, deyarli hammamizni havotirga soladi. Ta'mirlash vaqtida smartfon egasining ma'lumotlari tarqatib yuborilishi kabi hodisalar, afsuski, bir necha marta sodir bo'lgan. Shukrki, Janubiy Koreya texno-giganti, Samsung ushbu muammoga innovation yechim bilan chiqdi.

SamMobile nashrining Samsung Korea matbuot saytiga tayanib xabar berishicha (The Verge orqali), kompaniya o'zining Galaxy smartfonlariga shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligiga oid yangi "Repair Mode" yoxud o'zbek tilida "Ta'mirlash rejimi" xususiyatini qo'shmoqda. 

Foto: Samsung

Ma'lum bo'lishicha, yangi funksiya texnik xodimlarga telefoningizning ichki qismlariga uni tuzatish uchun yetarli darajadagi kirish imkonini beradi, ya'ni smartfoningizdagi shaxsiy ma'lumotlaringiz ta'mirlash vaqtida ham maxfiy saqlanadi.

Siz uni Sozlamalar ilovasidagi Batareya va Qurilma parvarishi bo'limi orqali yoqishingiz mumkin bo'ladi. Funksiya ishga tushirilishi bilan telefon restart bo'ladi, ya'ni ta'mirlash rejimiga tushish uchun o'chib, yonadi. Bunda sizning suratlaringiz, xabarlaringiz va siz yashirilishini istagan boshqa narsalarga kirishda taqiq o'rnatiladi. Faqatgina qurilmani ta'mirlash uchun kerak bo'ladigan standart ilovalar ochiq qoladi. 

Smartfoningizni ustadan olganingizdan keyin faqatgina siz uni Ta'mirlash rejimidan barmoq izingiz yoki boshqa qulflash usuli bilan o'chirishingiz mumkin bo'ladi.

Ushbu yangi xususiyat yangilanish orqali eng birinchi Galaxy S21 uchun Janubiy Koreyada chiqariladi. Albatta, kompaniya tez orada qolgan modellar uchun qo'llab-quvvatlashni kengaytirishni rejalashtirgan. Boshqa hududlar uchun ta'mirlash rejimining chiqarilish-chiqarilmasligi hozircha no'malum.

O'QING: Galaxy A23 5G'ning narxi ma’lum bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.