Samsung o‘z smartfonlarini dasturiy ta’minot bilan taminlash muddatini yana bir yilga uzaytirdi.

Samsung o‘z smartfonlarini dasturiy ta’minot bilan taminlash muddatini yana bir yilga uzaytirdi.

O‘tgan yili Samsung o‘z smartfonlari va planshetlarini uch yillik dastur yangilanishi hamda to‘rt yillik xavfsizlik patchi bilan ta’minlashni yo‘lga qo‘yayotganini e’lon qilgan edi. 

Ushbu reja nafaqat kompaniyaning falgaman qurilmalari, balki o‘rta toifadagi smartfonlarni ham o‘z ichiga olar edi. 

Endi kompaniya o‘z flagmanlarini dasturiy ta’minot bilan taminlash muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Ya’ni kompaniya S22 smartfonlari va Tab S8 planshetlarini to‘rt yillik dastur yangilanishi hamda besh yillik xavfsizlik patchi bilan ta’minlaydi. 

Demak, ushbu qurilamalar hozir Android 12 operatsion tizimida ishlayotganini hisobga olsak, ular Android 16 tizimigacha bo‘lgan dastur yangilanishlarini hamda besh yillik xavfsizlik patchlarini qabul qiladi. 

2021-yilgi Samsung flagmani egalari uchun yaxshi yangilik bor – xuddi shu dasturiy ta’minotni qo‘llab-quvvatlash rejasi ushbu smartfonlarga ham tegishli, ya’ni 2021-yilgi flagman Galaxy qurilmalarini dasturiy ta’minot va xavfsiz patchlari bilan ta’minlash muddati bir yilga uzaytiriladi. 

Ro‘yxatga Galaxy Z Flip 3 va Z Fold 3 buklamafonlari, shuningdek S21 seriyasi flagmanlari (shu jumladan S21 FE) kiradi. Afsuski, Galaxy S20 seriyasi va boshqa flagman qurilmalar eski jadvalda qoladi. 

Jadval bilan quyida yaqindan tanishishingiz mumkin: 

Galaxy S22 seriyasi 

• Galaxy S22

• Galaxy S22+

• Galaxy S22 Ultra 

Galaxy Tab S8 planshetlari 

• Galaxy Tab S8

• Galaxy Tab S8+

• Galaxy Tab S8 Ultra 

Galaxy Z3 buklamafonlari 

• Galaxy Z Fold3

• Galaxy Z Flip3 

Galaxy S21 seriyasi 

• Galaxy S21

• Galaxy S21+

• Galaxy S21 Ultra

• Galaxy S21 FE

O‘QING: Samsung kompaniyasi Galaxy S22 Ultra smartfoni va Galaxy Tab S8 planshetlarining texnik infografikasini taqdim etdi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!