Samsung o‘zining birinchi o‘yin-monitorini taqdim etdi

Samsung o‘zining birinchi o‘yin-monitorini taqdim etdi

An image showing Samsung’s Odyssey OLED G8 display

Samsung birinchi marta avgust oyida IFA 2022 ko‘rgazmasida Odyssey OLED G8 ni taqdim etgandi va bu kompaniyaning kvant nuqtali OLED (QD-OLED) displeyga ega bo‘lgan birinchi o‘yin monitoridir. Bugundan boshlab siz Samsung veb-saytida 34 dyuymli displeyga 1499 dollarga oldindan buyurtma berishingiz va hamkor do‘konlardan olishingiz mumkin.

Yangi monitor oddiylaridan yanada yorug‘ligi va ranglarning to‘yinganligi bilan farqlanadi. 

Ushbu Samsung displeyi 1800R egri ekran(curved), 3440 x 1440 piksel va 175 Gs tez yangilanish xususiyatiga ega. Monitor shuningdek, 400 nitgacha eng yuqori yorqinlikni ta’minlashi kerak bo‘lgan True Black 400 spetsifikatsiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Ushbu xususiyatlarning o‘zi juda ta’sirli bo‘lsa-da, boshqa ajoyib qobiliyat sizga yoqishi tayin. Monitor sizga konsol yoki kompyuter ulanmagan holda o‘yin o‘ynash imkonini beradi. Buning sababi, u Samsungning Gaming Hubi bilan birga keladi, bu ajoyib portal bo‘lib, siz bulutli o‘yin xizmatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri monitordan kirishingiz mumkin, jumladan Nvidia GeForce Now va Xbox Game Pass. Shuningdek, siz Netflix, Youtube TV va boshqa striming xizmatlarida videolarni tomosha qilishingiz mumkin.

Boshqa yoqimli qulayliklar qatoriga ulangan IoT(Internet of things - internetli vositalar) qurilmalarini kuzatish va boshqarish, shuningdek, Mini Display Port, HDMI va USB-C ni qo‘llab-quvvatlash imkonini beruvchi o‘rnatilgan SmartThings ilovasi kiradi. Shuningdek, monitorning orqa tomonida Core Lighting Plus tizimi mavjud bo‘lib, u qurilma orqasidagi devorni ekrandagi narsalarga mos ranglar bilan yoritadi.

Agar ushbu 34 dyuymli displey sizning xohishingiz uchun yetarlicha katta bo‘lmasa, kutishingiz uchun sabab bor. Samsung o‘zining 49 dyuymli Odyssey G9 o‘yin monitoriga OLED bilan jihozlangan yangilanishni tayyorlamoqda va u yil oxirida paydo bo‘lishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!