Samsung o‘zining flagman smartfonini sotuvdan olib tashladi

Samsung o‘zining flagman smartfonini sotuvdan olib tashladi

Samsung kompaniyasi Fransiya, Germaniya AQSh, Buyuk Britaniya va boshqa davlatlardagi o‘zing rasmiy veb-saytidan Galaxy S21 Ultra smartfonini olib tashladi.

Bu Samsung rasman ushbu modelni sotishdan to‘xtaganini anglatadi. 

Smartfonni uchinchi tomon savdo shoxobchalaridan sotib olish mumkin. Hozirgi paytda uning narxi ancha pastlagan. 

Galaxy S21, S21+ va S21 FE qurilmalarining rasmiy sotuv jarayoni esa davom etadi. 

Eslatib o‘tamiz, ertaga Samsung uzoq kutilgan S22 seriyasining taqdimot namoyishini o‘tkazadi. 

O‘QING: Samsung yangi Galaxy S22 smartfonlarini ishlab chiqarishda okeanlarda tashlab ketilgan baliq to‘rlaridan foydalanadi 

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.