Samsung o‘zining Galaxy Z Flip buklamafonini Trade-in dasturi doirasida atigi 200 dollardan sotyapti!

  •   DiMaX
  •  791
  •  02.02.2021 11:01

Samsung o‘zining Galaxy Z Flip buklamafonini Trade-in dasturi doirasida atigi 200 dollardan sotyapti!

Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar singari, Samsung ham turli mamlakatlarda Trade-in dasturlarini o‘tkazib turadi. Bu dasturni sodda qilib shunday tushuntirish mumkin: biror yangi rusumdagi smartfonni sotib olishda xaridor o‘zining avvalgi smartfonini topshiradi va yangisini unga katta chegirma bilan berishadi.

O‘QING: Antiqa aksiya: uy telefonini topshirib, smartfon oling!

Janubiy koreyalik korporatsiya «raskladushka» form-faktorli Galaxy Z Flip smartfonini AQSh hududida arzonlashtirdi. Endi amerikada uni avvalgidek 1449 emas, balki 1199 dollarga olish imkoni bor – 250 dollarlik farq ham chakkimas: bunga o‘rtacha bir smartfon olsa bo‘ladi.

Eng qizig‘i – ayni shu model uchun Trade-in dasturi e’lon qilinganligidir: unda shu buklamafonni atigi 200 dollarga olish imkoni bor! Lekin buning evaziga xaridor topshirishi kerak bo‘ladigan smartfonlar ikkitagina model bilan cheklangan. Ya’ni, yangi qurilmani shu narxda olish uchun ayni shu modelning ishlatilganini yoki Galaxy Fold buklamafonini topshirish lozim. 

Trade-in dasturi doirasida Galaxy Z Flip uchun bundan kamroq chegirmalar ham bor; ular uchun boshqa rusumlardagi ayrim Samsung, Apple yoki Google smartfonlarini topshirish zarur bo‘ladi. Dastur tafsilotlari bilan tanishish uchun ushbu havola orqali Samsung rasmiy onlayn do‘koniga o‘tish mumkin. Ayni damda AQShda bo‘lib turgan yaqinlaringizga mazkur ma’lumotni yetkazib qo‘ysangiz arziydi – ularda eski smartfonni topshirib, yangisini arzonroqqa olish imkoni bor.

O‘QING: Bu smartfondan olsangiz, smart-soat, simsiz quloqchin va g‘ilof ham qo‘shib berishadi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!