Samsung o‘zining shaxsiy kriptovalyutasi - Samsung Coin’ni tayyorlayapti!

Samsung o‘zining shaxsiy kriptovalyutasi - Samsung Coin’ni tayyorlayapti!

Koreyalik manbaaning ma’lum qilishicha, Samsung kompaniyasi real kriptovalyuta operatsiyalari (mainnet) o‘tkazish mumkin bo‘lgan, shaxsiy blokcheyni ustida ishlamoqda. U tayyor bo‘lganidan so‘ng kompaniya o‘zining shaxsiy kriptovalyutasi – Samsung Coin’ni ishga tushirishi mumkin.

Kompaniya rejalariga aloqador bo‘lgan insonning aytishicha, blokcheyn ishlab chiqish vazifasi simsiz texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limiga ishonib topshirilgan. Qolaversa ishlar o‘tgan yildan buyun davom etmoqda. Samsung blokcheyni Etherium bazasi asosida bo‘lib, Samsung Galaxy S10 kriptohamyoni Etherium va ERC tokenini qo‘llab-quvvatlashi ham bekorga emas.

Blokcheyn hozircha ichki eksperimental test jarayonida va uning maqsad va vazifalari hozircha noma’lum. Insayder texnologiya birinchi navbatda B2B segmentida sinab ko‘rilib, kelajakda esa ochiq foydalanish uchun taqdim etiladi, deb hisoblamoqda. Agar Samsung Coin kriptovalyutasini ishga tushirish qarori qabul qilinsa, Codex birjasida istalgan shaxslar u bilan bog‘liq savdolarda qatnashishi mumkin.  Ammo bu haqida o‘ylashga hali erta. Insayderning o‘zi ham ta’kidlaganidek, “Samsung Coin bozorga kirib kelishini kutamiz, lekin yo‘nalishlar hozircha aniq emas”.  Shunday ekan, katta ehtimol bilan Samsung Coin’ni bu yil ko‘rmaymiz.