Samsung o'zining ushbu o'rta-flagman modelidan voz kechmoqda.

Samsung o'zining ushbu o'rta-flagman modelidan voz kechmoqda.

Garchi Galaxy S seriyasi Samsung'ning eng yuqori darajadagi smartfonlar qatori bo'lsa ham, kompaniya ulardan ko'ra ko'proq Galaxy A smartfonlaridan foyda ko'radi. Galaxy A seriyasi uch xil modelni o'z ichiga oladi, biroq keyingi yil ularning soni bittaga kamayishi mumkin: Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy A7x liniyasidan voz kechayotgan ko'rinadi.

Bilamizki, odatda hali taqdim qilinmagan smartfonlar haqidagi ma'lumotlar ularning taqdimot sanasiga bir necha oy qolganda tarqalishni boshlaydi. Va biz allaqachon Galaxy A54 bilan Galaxy A34 haqida bir qancha mish-mishlar eshitdik. Biroq, shu kunga qadar Galaxy A74'dan darak yo'q. Buning sababi juda oddiy. Samsung hech qanday Galaxy A74 smartfoni ustida ishlamayapti. Qurilma hech qayerda sinovdan o'tkazilmayapti va u uchun hech qanday proshivka mavjud emas. Aytish kerakki, bu yilgi Galaxy A smartfonlari taqdimotida ham Samsung e'tiborni faqat Galaxy A33 va Galaxy A53 modellariga qaratgan edi. Galaxy A73 esa ortiqcha dabdabalarsiz sotuvga chiqarilgan, shunda ham u Galaxy A72 chiqarilgandan ko'ra kamroq mamlakatlarda.

Galaxy A7x Samsung sekingina "chopib yuborayotgan" yagona smartfon liniyasi emas. Galaxy FE qatori ham shu tarzda yo'qolib ketmoqda yoxud kompaniya hech qanday Galaxy S22 FE chiqarish niyatida emas. Janubiy Koreya kompaniyasi bu ikki o'rtachadan sal yuqori, lekin flagman bo'lmagan smartfonlarni yo'qotish bilan Galaxy S va Galaxy A seriyalari o'rtasida katta bo'shliq yaratmoqda. Bu bo'shliq esa yangi smartfon bilan to'ldiriladimi yoki yo'q bunisi hozircha so'roq ostida, lekin Galaxy A54 va Galaxy S23 chiqarilganida Galaxy S22 ular o'rtasida bo'lishi mumkinligi haqidagi gaplar ham yo'q emas, chunki u flagmanligi bilan A54'dan yuqori, eskiligi bilan S23'dan bir pog'ona pastda bo'ladi.

O'QING: Almashadigan batareyali smartfonlar qaytishi mumkin

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!