Samsung radikal ekran dizaynini patentladi

Samsung radikal ekran dizaynini patentladi

Samsung'ga to‘rt tomondan qayrilgan ekran dizayni uchun patent berildi — displey tepadan, pastdan, o‘ng va chap tomonlardan ham qayrilgan bo‘lib, hoshiyalar faqat old panel burchaklarida mavjud.

Kompaniya ushbu dizaynni o‘tgan yili yozda patentlash uchun topshirgan bo‘lib, yangicha ko‘rinish o‘tgan oyga kelibgina Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining patentlar ro‘yxatiga kiritildi.

Burchaklardagi hoshiyalar kelasi dizaynlarda ham olib tashlanmasligi ehtimoli yuqori, sababi smartfon qo‘ldan tushib ketganda eng ko‘p shikast yetadigan nuqta bu aynan uning burchaklardir, shu sababdan ham burchaklarni metal bilan himoyalash talab qilinadi.

Smartfonga to‘rt tomondan qayrilgan displey qo‘yish ishlab chiqaruvchiga qator qiyinchiliklar keltirib chiqarishiga ham e’tibor berish kerak. Bunda qator komponentlar, jumladan, USB port va tugmachalarni ham olib tashlashga to‘g‘ri keladi.

LetsGoDigital Concept Creator bilan hamkorlikda ushbu patentning 3D renderlarini yaratdi. Renderda selfi kamera ko‘rinmayapti, lekin Samsung tirqish kamera yechimidan foydalanishi mumkin. Korpusdan sizib chiquvchi kamera qo‘yish uchun esa joy yetarli emas. Balkim, ekran osti selfi kamerasidan foydalanilar, lekin bu hozircha biroz futurustik konsepsiya hisoblanadi.

Texnik terminlarda, Huawei'ning P40 Pro flagmani displeyi ham to‘rt tomondan qayrilgan, ammo bunda yuqori va quyi tomon displeyi unchalik ham qayrilmagan. Yon tomonlardan esa, tugmachalarga joy qoldirish uchun Mate 30'lardagi kabi deyarli 90° ga qayrilgan «sharshara ekran»dan voz kechildi.

Istibolda to‘rt tomondan qayrilgan ekranlar ommalashsa, tugmacha va portlarsiz smartfonlar paydo bo‘lishi aniq.

O‘QING: Samsung'chilarga ikkita xabar bor: biri yaxshi, biri yomon. Qaysi biridan boshlaylik?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!