Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy M31s shu oydayoq taqdim etiladi!

  •   DiMaX
  •  2918
  •  20.07.2020 16:03

Samsung rasman e’lon qildi: Galaxy M31s shu oydayoq taqdim etiladi!

Kuni kecha biz potensial xit – Galaxy M31s smartfonining sotuvga chiqish kuni haqida yozgan edik. Endi esa uning rasmiy namoyish sanasini Samsung o‘zi aytdi.

O‘QING: Samsung va LG o‘z yurtida Xiaomi’ning dadil hamlasiga uchradi!

Unga ko‘ra, arzon turkumga mansub Galaxy M31s smartfonining taqdimoti 30 iyul kuni Hindistonda bo‘lib o‘tadi.

Kutilganidek, ushbu smartfon Super AMOLED matritsali, Full HD+ formatli ekran bilan jihozlanmoqda.

Galaxy M31s modeli Exynos 9611 protsessori, 6 GBlik tezkor hamda 128 GBlik ichki (UFS 2.1 turiga mansub) xotira bilan taqdim etilyapti.

O‘QING: Qaysi smartfonlar ishlatilsa ham narxini ko‘p yo‘qotmaydi?

Ushbu smartfonning afzalliklaridan biri – xuddi Galaxy M21, Galaxy M30s hamda Galaxy M31 devayslaridagi kabi, naq 6000 mA/soatlik akkumulyator bilan jihozlanishidir.

Galaxy M31s smartfoni 25 vattlik tezkor quvvatlanishdan tashqari, reversiv zaryadlash funksiyasiga ham ega, ya’ni boshqa qurilmalarni quvvtlash uchun uning o‘zini poverbank sifatida qo‘llash mumkin.

O‘QING: Smartfonni atigi 15 daqiqada to‘liq quvvatlovchi FlashCharge texnologiyasini «jonli» videoda ko‘ramiz!

Bulardan tashqari, Galaxy M31s kvadrokamerasida 64 + 8 + 5 + 5 megapiksellik modullar qo‘llanadi. Qurilma yana 4K formatida video yozishga qodir bo‘ladi, deyishmoqda. Uning korpusiga ikkita SIM-karta uchun uyach, LTE, GPS, Wi-Fi ac, Bluetooth 5.0 hamda NFC chiplari hamda quloqchin tirqishi o‘rnatilgan.

Yangi smartfon Android 10 operatsion tizimi ustiga qurilgan OneUI 2.1 interfeysi bilan ishlaydi. Samsung uning uchun 260–270 AAQSh dollari atrofida narx belgilamoqchi.

O‘QING: O‘ta arzon Galaxy M01s chiqdi: afsuski, Samsung ham Xiaomi’ga ergashibdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.