Samsung rasman Galaxy A10s, A20s, A30s va A50s narxlarini aytdi: atigi 150 dollardan boshlanadi!

  •   DiMaX
  •  31604
  •  09.09.2019 10:29

Samsung rasman Galaxy A10s, A20s, A30s va A50s narxlarini aytdi: atigi 150 dollardan boshlanadi!

Janubiy koreyalik texnogigant tez orada Galaxy A turkumidagi smartfonlarining yangi modellarini taqdim etadi. Ular orasida eng birinchi Galaxy A20s qurilmasi namoyish etilishi kutilmoqda, lekin uning ham taqdimot kuni aniq emas.

O‘QING: Samsung’ning ikkita – «lochinko‘z salkam flagman» va ulkan batareyali hamyonbop smartfoni tayyor!

Kompaniya kuni kecha ushbu turkumdagi naq to‘rtta smartfonining narxlarini ma’lum qildi. Bulardan ikkitasi – Galaxy A10s va A20s endi namoyish etiladi, Galaxy A30s hamda A50s taqdimoti esa o‘tgan oyda bo‘lib o‘tgan.

Ko‘rib turganingiz suratda smartfonlarning narxlari Tailand milliy bul birligi – bat hisobida ko‘rsatilgan. Agar ularni AQSh dollariga «o‘girsak», bunaqa bo‘lib chiqadi: Galaxy A10s modelining 2/32 gigabaytlik tezkor/doimiy xotiraga ega versiyasi 150 dollar turadi. 4/64 gigabaytlik Galaxy A20s narxi 215 dollar bo‘lsa, shunday xotirali Galaxy A30s smartfoni 265 dollarga, 6/128 gigabaytlik Galaxy A50s esa 360 dollarga baholangan.

Hozirgacha global bozorga chiqarilgan Samsung telefonlarini esa atigi 705 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar evaziga Terashop.uz onlayn do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Samsung Uzbekistan xaridorlarni laqillatyapti...mi?!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!