Samsung rasman Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G smartfonlarini taqdim qildi!

Samsung rasman Galaxy A34 5G va Galaxy A54 5G smartfonlarini taqdim qildi!

Bir necha oylik mish-mishlar va uzoq kutishlardan so'ng Samsung vanihoyat o'zining Galaxy A seriyasidagi eng mashhur va yuqori texnik xususiyatlarga ega hamyonbop o'rta sinf smartfonlari – Galaxy A54 5G va Galaxy A34 5G modellarini rasman taqdim qildi. Kutilganidek, bu yil Galaxy A74 5G modeli yo'q va smartfonlar ortiqcha dabdabalarsiz taqdim qilindi.

Garchi yuqori model bo'lsa, ham Galaxy A54 modeli Galaxy A34 ga qaraganda kichikroq ekranga ega – qurilma 1200 nit maksimal yorug'likka chiqa oladigan 6.4 dyuymli FHD+ rezolyutsiyadagi Super AMOLED displey bilan jihozlangan va u 120 gerts yangilanish tezligi hamda Vision Booster texnologiyasini qo'llab-quvvatlaydi. Galaxy A34 ham xuddi shunday, faqat kattaroq, 6.6 dyuymli ekranga ega. Smartfonlar o'lchami va og'irligi quyidagicha:

  • Galaxy A54 – 158.2×76.7×8.2 mm, 202 gramm
  • Galaxy A34 – 161.3×78.1×8.2 mm, 199 gramm

Tasvirga olish borasida ikkala smartfonlar ham bir qancha yangilanish va yaxshilanishlarga ega. Qurilamalarning orqa va old kameralari quyidagicha:

  Galaxy A54 Galaxy A34
Orqa kamerasi

12 megapikselli (f/2.2) ultra-keng kamera

8 megapikselli (f/2.2) ultra-keng kamera

50 megapikselli (f/1.8, OIS) asosiy kamera

48 megapikselli (f/1.8, OIS) asosiy kamera

5 megapikselli (f/2.4) makro kamera

5 megapikselli (f/2.4) makro kamera

Old kamerasi

32 MP (f/2.2) old kamera 

13 MP (f/2.2) old kamera 

Kapot ostida Galaxy A54 modeli 5 nanometrli Exynos 1380 chipseti bilan jihozlangan bo'lsa, Galaxy A34 modeli MediaTek'ning Dimensity 1080 chipsetida ishlaydi. Qurilmalarni 6 yo 8 GB RAM bilan 128 yoki 256 GB xotira bilan topishingiz mumkin. Albatta, xotirani 1 TB gacha microSD chip bilan kengaytirish mumkin. Qurilmalarning batareyasi 5000 mA/soat va uni 25 Vt tezlikda zaryadlasa bo'ladi. Kompaniya o'z smartfonlarining batareyasi 2 kungacha yetishini ta'kidlaydi.

Smartfonlar Android 13 ga asoslangan One UI 5.1 operatsion tizimida ishlaydi va ular to'rt yil katta operatsion tizim yangilanishi bilan 5 yil xavfsizlik yangilanishi qabul qilishadi. Qolaversa, ikkala modellar ham IP67 suv, changgdan himoya sertifikatiga va ekran ostida barmoq izini skanerlar xususiyatiga ega. Afsuski, smartfonlar simli naushnik uyasiga ega emas.

Galaxy A54 modeli laym, grafit, binafsha va oq, Galaxy A34 esa jilovlanib turadigan laym, grafit, binafsha va kumush ranglarda taklif qilinadi. Ular shu oydan boshlab Yevropa va bir qancha Osiyo mamlakatlarida sotuvga chiqariladi. Narxlar Yevropa bozorlarida quyidagicha bo'ladi:

  Galaxy A54 Galaxy A34
6/128 GB 490 yevro (≈523 dollar) 390 yevro (≈417 dollar)
8/256 GB 550 yevro (≈587 dollar) 460 yevro (≈491 dollar)

Aytish kerakki, Osiyo mamlakatlari uchun bu narxlar o'zgarishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!