Samsung rasman Galaxy S8’da olingan fotosuratlarni taqdim qildi

Samsung rasman Galaxy S8’da olingan fotosuratlarni taqdim qildi

Samsung Galaxy S8’ning taqdimotiga 2 haftadan oshgan bo‘lsa ham, insayder va nashrlar yangi “bayroqdor” smartfon to‘g‘risida yozishdan to‘xtayotganlari yo‘q. Texnologiya va imkoniyatlarga boy yangi geleksidagi bosh kamera imkoniyatlari esa doimgiday devaysga baho berishning bosh mezonlaridan biri.

Samsung yangi smartfoniga 12 megapikselli f/1,7 standartidagi optik apertura bilan ta’minlangan va Dual Pixel fokuslash texnologiyasiga ega, avvalgilaridan yanada takomillashgan kamera ilovasi bilan farq qiluvchi surat tizimini joriy qilgan.

Jurnalist hamda fotograflar tomonidan Samsung Galaxy S8’ning kamerasida turli xil sharoitda olingan suratlar tinimsiz e’lon qilinmoqda. Samsung foydalanuvchilar qiziqish va talabini hisobga olib, so‘nggi smartfonining kamera imkoniyatlarini mustaqil sinab ko‘rishga qaror qildi. Ishlab chiqaruvchining ma’lum qilishicha, quyidagi suratlar Galaxy S8 flagmanida olingan va hech qanday grafik-tasvir dasturlarida tahrirlanmagan.

Ammo, aytish joizki, suratga olingan manzaralarni tasvirga olish diqqat bilan rejalashtirilgan hamda yorug‘liq yaxshi sharoitda olingan. Ularni olishda maxsus uch oyoqli foto-tirgak hamda sabr-toqat yordamida olingan. Boshqacha aytganda, ideal sharoitda olingan bu tasvirlarda Samsung Galaxy S8 kamerasining imkoniyatlari maksimal darajada ochib berilgan.

Shuningdek, yaxshi surat olishda Samsung Galaxy S8 hamda iPhone 7 Plus flagmanlarining bosh kameralari o‘rtasidagi “jang”ga bag‘ishlangan maqolamizni ham o‘qing.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!