Samsung rasman Galaxy Z Flip4 buklamafonini taqdim qildi

Samsung rasman Galaxy Z Flip4 buklamafonini taqdim qildi

Samsung Galaxy Z Flip qatori o'zining chiroyli, ixcham dizayni va turli xil xususiyatlari bilan buklamafonlar bozorida katta muvaffaqiyatga erishgan. Kecha Samsung uning yangi avlodi, Galaxy Z Flip 4 ni bir qancha yaxshilanishlar rasman taqdim qildi. 

Aytganimizdek, Galaxy Z Flip qatori allaqachon jozibali dizaynga ega va bu go'zallik Galaxy Z Flip 4 modelida ham saqlanib qolgan, faqat bir-ikki kichik o'zgarishlar bilan: buklanadigan joyi, ya'ni oshiq-moshiqlari yanada nozikroq, yon tomonlari biroz tekisroq qilingan. Buklamafon Bora Purple (pushti), Graphite (qora), Pink Gold (tillarang) va havorang ranglarida chiqariladi, bundan tashqari siz Galaxy Z Flip 4 Bespoke nashri bilan 75 xil ranglar kombinatsiyasidan o'zingizga yoqqaniga buyurtma berishingiz ham mumkin.

Flip 4 tashqi kichik ekranida o'zgarishlar mavjud emas. Bildirishnomalar, tanlangan vidjetlar va tezkor selfilar uchun o'sha-o'sha 1.9 dyuymli panel. 

Old ekrani esa, u ham sezilarli o'zgarishlarga ega emas, hali ham 6.7 dyuymli, 120 gigagerts yangilanish tezligi bilan ichki ultra-ingichka oynaga ega displey. Kompaniyaning ta'kidlashicha, bu safar ekran oldingisidan 45% kuchliroq. Shuningdek, qurilma IPX8 suvga chidamlilik reytinggiga ega.

Kameraga keladigan bo'lsak, orqa tomondagi ikkilik kameralarning asosiysi ham, qo'shimcha ultra-keng kamerasi ham oldingidek 12MP, biroq bu yilgi asosiy kamera sensori biroz kattaroq va endi u 65% ortiqroq yorug'likda suratga ola oladi. Old tomondagi selfi kamera esa 10MP.

Ichkarida Galaxy Z Flip 4 ham boshqa flagmanlardek Snapdragon 8+ Gen 1 chipseti bilan ta'minlangan. Shuningdek, unga 8GB RAM va 128GB dan 512GB gacha doimiy xotira birlashtirilgan. Albatta, Flip 4 One UI 4.1.1 bilan Android 12 da ishlaydi. 

Eng sezilarli o'zgarish quvvat bo'limida bo'lgan. Galaxy Z Flip 4 modeli 3,700 mA/s batareyaga ega (taqqoshlash uchun Galaxy Z Flip 3 - 3,300 mA/s) va u 25 Vt simli va 15 Vt simsiz zaryadlanishni qo'llab-quvvatlaydi. 

Galaxy Z Flip 4 narxi o'tgan yilgidek, 999 dollar bo'lib, unga siz hoziroq buyurtma berishingiz yoki 26-avgustdan savdo do'konlaridan sotib olishingiz mumkin.

O'QING: Samsung расман Galaxy Z Fold4 букламафонини тақдим қилди

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.