Samsung rasman tan oldi: Galaxy Note 8’da jiddiy muammo bor! (+video)

  •   DiMaX
  •  3086
  •  02.01.2018 17:30

Samsung rasman tan oldi: Galaxy Note 8’da jiddiy muammo bor! (+video)

2017 yilning avgust oyida Samsung kompaniyasi o‘zining eng ilg‘or mobil qurilmasi – Galaxy Note 8 fabletini taqdim etgan edi. Ammo yilning oxiriga kelib, internetda mazkur modeldagi devays egalarining shikoyatlari haqida xabarlar paydo bo‘la boshladi. Holbuki, janubiy koreyalik gigantning ushbu gadjeti smartfonlar bozorining yetakchilaridan biri, deya e’tirof etilayotgandi.

O‘QING: Ring: Galaxy Note 8'ning iPhone X'ga yo‘nalgan 6 ta aniq zarbasi

Xullasi kalom, butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarning shikoyat qilishlariga ko‘ra, Galaxy Note 8 modelidagi ayrim smartfonlar quvvati to‘liq tugab, o‘chib qolsa, keyin uni quvvatlab ham, biror yo‘l bilan yoqib ham bo‘lmay qolyapti. Mazkur muammoni mustaqil tarzda hal etishga uringan foydalanuvchilarning qo‘lidan hech narsa kelmayapti.

Mana, quyidagi videoda bu muammo yaqqon ko‘rsatilgan:

Muammo ko‘lami keng ekanligi aniqlangach, Samsung kompaniyasining rahbariyati Galaxy Note 8 akkumulyatorida jiddiy muammo mavjudligini rasman tan olishga majbur bo‘ldi. Janubiy koreyalik texnogigant bu muammoning qanchalik keng tarqalganini oshkor etmayapti, ammo hozirgacha bir necha yuzlab (!) foydalanuvchilarda shu holat uchragani ma’lum. Samsung esa ularning har biriga, shu smartfon xarid qilingan rasmiy do‘konga yoki servis markaziga murojaat etib, qurilmani bepul almashtirib yoki ta’mirlatib olishni tavsiya etayotir.

O‘QING: O‘zbekistondagi Samsung vakolatli servis markazlarining ro‘yxati

Samsung mutaxassislari hozirda ushbu muammoning sababini aniqlash va yechimini topish ustida ishlamoqdalar, ammo hozircha biror ijobiy natijaga erishganliklari haqida ma’lumot yo‘q. Masalaning tagiga yetish uchun bir necha hafta vaqt kerak bo‘lishi mumkin, deya ta’kidlagan korporatsiya.

Shu bilan birga, Samsung vakillarining ta’kidlashiga ko‘ra, akkumulyatordagi bunaqa «ishkal» bilan shikoyat qilganlar soni bir necha yuz donani tashkil etadi; agarda Galaxy Note 8 bir necha million donalab sotilganini inobatga olsak, foydalanuvchilarning 99,9 foizi bu muammoga duch kelishmagan.

O‘QING: 2017 yilning eng yaxshi "Samsung Galaxy"lari: xalqaro va mahalliy bozordagi narxlari!

Eslatib o‘tamiz, Samsung fabletining avvalgi «avlod»i – Galaxy Note 7 modeli ham aynan batareyasidagi jiddiy muammo sababli katta yo‘qotishlarga sabab bo‘lgan edi. Ammo unda ahvol umuman o‘zgacha – batareyalar qizib, tutab, alanga olib va hatto portlab ketayotgan edi. Natijada kompaniya mazkur modeldagi qurilmalarni qaytarib olib, yangilangan talqinda qayta chiqargandi.

O‘QING: Yangilangan Galaxy Note 7 Fan Edition fableti 7 iyuldan sotuvga chiqadi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!