Samsung rasmiy saytiga allaqachon Galaxy M51 ham chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1976
  •  10.08.2020 12:26

Samsung rasmiy saytiga allaqachon Galaxy M51 ham chiqdi!

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy M51 modeli haqidagi dastlabki xabarlar yilning boshidayoq tarqalgan. Avvalroq esa uni Geekbench servisida sinab ham ko‘rishgandi, yaqinda esa...

O‘QING: Eng zo‘r hamyonbop – Galaxy M51 smartfoni FCC bazasida «qo‘lga tushdi»

Endi esa mazkur devays Samsung kompaniyasining Rossiyadagi texnik qo‘llab-quvvatlash sahifasida ko‘zga tashlandi. Xuddi Bluetooth SIG hamda FCC ma’lumotlar bazsidagi kabi, Galaxy M51 u yerda ham SM-M515F model raqami ostida qayd etilgan.

Afsuski, u yerda Galaxy M51 texnik xususiyatlari oshkor etilmagan, lekin AQShning Federal aloqa komissiyasi – FCC bazasida bu borada asosiy ma’lumotlar berilgan edi. Lekin asosiysi – Samsung uni tez orada rasman namoyish etishiga shubha qolmadi.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini Geekbench’da tekshirib ko‘rdi