Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

  •   DiMaX
  •  2767
  •  14.04.2020 08:54

Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

Janubiy koreyalik gigant fevralda «megamonstr» deya maqtay-maqtay Galaxy M31 smartfonini taqdim etgan edi. Butun mart oyi mobaynida u dunyo bo‘ylab eng ommalashgan telefonlar reytinglarida turli o‘rinlarni olib kelgan.

O‘QING: Bu hamyonbop smartfon DxOMark testida Samsung’ni sharmanda qildi!

Samsung kuni kecha shu Galaxy M31 smartfoni uchun tizim yangilanishini taqdim etgandi. M315FXXU1ATD1 raqamli ushbu proshivka aprel oyidagi yangilanish patchlarini o‘z ichiga olgan, lekin u kompaniyaning zarariga ishladi. Chunki qurilmasini yangilab olgan foydalanuvchilar jiddiy muammoga duch kelishgan – smartfon umuman ishlamay qolgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda, turli forumlarda va Samsung Members ilovasida Galaxy M31 egalari bu haqda shikoyat qilishgan. Garchi ushbu rusumdagi smartfonlarning hammasida shu holat kuzatilmagan bo‘lsa-da, kompaniya baribir apdeytning tarqatilishini to‘xtatib qo‘ydi.

Galaxy M31 rusumli smartfon egalari endi navbatdagi – xatoliklar bartaraf etilgan tizim yangilanishlarini kutishlariga to‘g‘ri keladi. Bunaqa holat boshqa smartfonsozlarda ham uchrab turadi; masalan, kuni kecha Xiaomi o‘zining eng muammoli smartfoni uchun uchinchi marta proshivka tarqatilishini to‘xtatgan va mazkur model bu borada antirekord o‘rnatgan!

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.