Samsung saytiga birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar chiqdi!

  •   DiMaX
  •  3417
  •  30.01.2021 15:12

Samsung saytiga birdaniga beshta yangi – arzon va hamyonbop smartfonlar chiqdi!

Janubiy koreyalik korporatsiya naq besh xil modelda arzon va o‘rta narxli smartfonni taqdim etishga tayyor turibdi. Samsung kompaniyasining turli hududlarga mo‘ljallangan saytlarida ushbu modellarni qo‘llab-quvvatlash sahifalari ishga tushgan.

O‘QING: Galaxy A02 chiqdi – atigi 100 dollarga qo‘sh kamerali «avtonomlik monstri»!

Ulardan ikkitasi Hindistonda taqdim etiladi – u yerdagi Samsung portalida Galaxy F12 hamda Galaxy F62 sahifalari paydo bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, ushbu qurilmalar mahalliy Flipkart internet-do‘koni bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va «Fillar o‘lkasi» uchun eksklyuziv bo‘lib qoladi.

Ishlab chiqaruvchining eng kutilayotgan smartfoni – Galaxy A52 5G modeli uchun esa uning Avstriyadagi rasmiy saytida qo‘llab-quvvatlash sahifasi ochilgan. Tailandda 5000 mAs batareyali eng arzon Samsung smartfoni – Galaxy M02 uchun, Karib havzasida esa bestseller bo‘lishi kutilayotgan Galaxy A72 uchun qo‘llab-quvvatlash sahifasi ishga tushirilgan.

Rasmiy saytga ma’lumotlari chiqarilishi ushbu smartfonlarning tez orada namoyish etilishidan darak beradi. Ular haqidagi hozirgacha ma’lum bo‘lgan jihatlarni e’lon qilganmiz, har birining nomiga joylangan havolalar orqali o‘tib ular bilan tanishish mumkin. Bu boradagi yangiliklardan birinchilar qatorida boxabar bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting.

O‘QING: Nihoyat, jahon smartfon bozorida Samsung’ni quvib o‘tishdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.