Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

  •   DiMaX
  •  2637
  •  16.10.2020 13:34

Samsung shoshib qoldi: Galaxy S21 ham shu yildayoq taqdim etiladi!

Janubiy koreyalik texnogigant odatda o‘zining flagman smartfonlarini fevralda namoyish qilishiga o‘rganib qolganmiz. Lekin Galaxy S21 turkumiga kelib, Samsung bu boradagi taktikasini o‘zgartirmoqchi.

O‘QING: Galaxy S21'larda Samsung uzoq kutilgan selfi kamera yechimini qo‘llashi mumkin!

Ma’lum bo‘lishicha, SM-G9910 model raqamiga ega bo‘lgan Samsung Galaxy S21 flagmani allaqachon Xitoyning 3C regulyatorida sertifikatsiyadan o‘tgan. Uning ma’lumotlar bazasida mazkur smartfonning ayrim texnik jihatlari ham ko‘rsatilgan.

Unga ko‘ra, Galaxy S21 smartfonining standart jamlanmasida faqatgina 25 vattlik quvvatga ega bo‘lgan zaryadlash uskunasi bo‘ladi. iPhone 12’lar qadog‘idan zaryadchik umuman olib tashlangani va shu boisdan Apple’ni raqiblari kalaka qilganini hisobga olsak, Samsung muxlislari shunisiga ham shukur qilsalar bo‘ladi.

O‘QING: Samsung flagmanlarida yangi ishkal: ular «ochlik e’lon qildi»!

3C sertifikatsiyasi ko‘rsatishicha, smartfon unga Samsung Investment kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Gadjetning ishlab chiqaruvchisi Samsung Electronics bo‘lib, qurilma Samsung Electronics Vietnam Thai Nguyen zavodida tayyorlangan.

Shuningdek, sertifikatsiya ushbu flagmanda 3880 mA/soatlik akkumulyator o‘rnatilganini ham oshkor etgan. Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Samsung Galaxy S21 modeli – Qualcomm Snapdragon 875 protsessori bazasidagi, ushbu regulyator sertifikatini olgan ilk smartfondir.

Janubiy Koreyadagi hamda Samsung smartfonlariga butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi korxonalardagi insayderlar ma’lum qilishicha, kompaniya chindan shoshilmoqda. Joriy yilning fevralida taqdim etilgan Galaxy S20 turkumini terish ishlari yanvarda boshlangan bo‘lsa, Galaxy S21 uchun qismlarni ommaviy ishlab chiqarishni shu yilning noyabridayoq boshlamoqchi. Agar shunday bo‘lsa, yangi flagmanlar dekabrdayoq rasman taqdim etiladi.

O‘QING: Narxi 130 dollarga ham bormaydigan Samsung Galaxy A02 hamda Galaxy M02 tayyor!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!