Samsung sir tutgan Galaxy S10 Lite hamyonbop flagmanini Geekbench fosh etdi!

  •   DiMaX
  •  1711
  •  31.10.2019 10:53

Samsung sir tutgan Galaxy S10 Lite hamyonbop flagmanini Geekbench fosh etdi!

Janubiy koreyalik texnogigant flagman smartfonlar turkumida uchta – Galaxy S10 (sotib olish), Galaxy S10e hamda Galaxy S10+ (xarid qilish) modellarini chiqargan. Endi esa ularning safiga to‘rtinchisi ham qo‘shiladi – Samsung Galaxy S10 Lite!

O‘QING: iPhone 11’dagi eksklyuziv funksiya endi Samsung smartfonlariga ham qo‘shiladi!

Samsung ushbu modelini allaqachon tayyorlagan bo‘lsa-da, hali oshkor etmayotgandi. Biroq uning samaradorligini Geekbench servisida tekshirib ko‘rishganida, qurilmaning asosiy texnik xususiyatlari oshkor bo‘ldi.

Samsung Galaxy S10 Lite ushbu benchmarkda SM-G770F markirovkasi bilan imtihon topshirgan. Mana, uning samaradorlik sinovi natijalari hamda apparat ta’minotining asosi haqidagi ma’lumotlar:

Ayrim kuzatuvchilar ushbu gadjetning bozorga Galaxy S10 Lite emas, balki Galaxy S11 Lite nomi bilan taqdim etilishini aytishmoqda. Nima bo‘lganda ham, uning «elektron yuragi» – Galaxy S10 hamda Galaxy Note 10 (sotib olish) turkumlaridagi flagmanlarida qo‘llangan Snapdragon 855 protsessoridir.

Shuningdek, kutilayotgan ixcham flagman Android 10 operatsion tizim talqiniga hamda 8 gigabaytlik tezkor xotiraga ega. Ta’kidlash kerakki, Galaxy S10e modeli kamroq hajmli – 6 gigabaytlik «operativka»ga ega.

Galaxy S10 Lite benchmarkdagi yakka yadroli sinovda 742 ball, barcha yadrolar ishtirokidagi imtihonda esa – 2604 ball olgan. Mazkur ko‘rsatkich Snapdragon 855 chipli avvalgi smartfonlarniki bilan solishtirganda biroz pastroq. Lekin bu yerda boshqa gap bor: yaqinda Geekbench 5 talqini chiqqan va u tekshirishning yangi uslublarini hamda boshqacha o‘lcham shkalasini qo‘llaydi. Shu sababli undagi natijalarni Geekbench 4 tekshiruvi ko‘rsatkichlari bilan aynan taqqoslash noto‘g‘ri.

O‘QING: Samsung kutilmaganda Galaxy S10 flagmanlarini 300 dollargacha arzonlashtirdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!