Samsung Siri mualliflarining startapini sotib oladi

Samsung Siri mualliflarining startapini sotib oladi

Samsung Electronics kompaniyasi sun’iy intellekt texnologiyalarini yaratishga ixtisoslashgan Viv Labs startapini xarid qilish borasida kelishuvga erishdi.  Bu haqda Samsung bilan aloqador yangiliklarni yoritadigan kompaniya axborot portalida xabar berildi.

Viv loyihasi o‘z vaqtida Siri assistentini yaratib, uni Apple kompaniyasiga sotgan Deg Kittlaus (Dag Kittlaus), Adam Cheyer (Adam Cheyer) va Kris Brayem (Chris Brigham) tomonidan yo‘lga qo‘yilgan startap hisoblanadi. Yuqorida nomi tilga olingan dasturchilarning ta’kidlashicha, Viv assistenti imkoniyatlari jihatidan Siri’ga qaraganda bir muncha ilg‘or. U odam nutqini yaxshi tushunadi va bir nechta qismlardan iborat gaplarga javob bera oladi.

Xariddan so‘ng Viv Labs Samsung Electronics tarkibidagi bo‘lim sifatida o‘z ishini davom ettiradi hamda sun’iy intellekt bilan bog‘liq tadqiqot va ishlanmalarni yaratish ustida ishlaydi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.