Samsung sirli yangi texnologiyasini ilk bor sirli Galaxy A8s smartfonida qo‘llamoqda! (+«jonli» surat)

  •   DiMaX
  •  1877
  •  26.10.2018 09:08

Samsung sirli yangi texnologiyasini ilk bor sirli Galaxy A8s smartfonida qo‘llamoqda! (+«jonli» surat)

Kuni kecha Xitoyda o‘tkazgan tadbirida Samsung kompaniyasi o‘zining ikkita smartfonini taqdim etgan edi. Shuningdek, janubiy koreyalik texnogigant o‘shanda yana bitta – Galaxy A8s modelini tayyorlagani va unda o‘zining mutlaqo yangi texnologiyasini joriy etayotganini ham aytgandi.

O‘QING: Xiaomi hamkori tergan ilk Samsung smartfoni – Galaxy A6s taqdim etildi!

Shundan so‘ng sirli Galaxy A8s smartfoniga qiziqish kuchaydi va u haqda turli ma’lumotlar ham chiqa boshladi. Avvalo, xitoylik mashhur insayder Ice Universe ushbu modelning ekranida tirqish bo‘lishini aytdi. U hatto buning qanday variantlarda amalga oshirilishigi render suratlarda ko‘rsatib ham berdi:

Ushbu texnologiya smartfon displeyi tepasidagi romning yanada ensiz bo‘lishini ta’minlaydi. 2019 yilda bunday yechimni ko‘plab smartfonsozlar o‘z modellariga tatbiq etishlari ham kutilayotir.

O‘QING: Kelasi yili qanday smartfonlar urfga aylanadi?

25 oktyabr sanasida esa Ice Universe prognozini Slashleaks resursi ham tasdiqladi. Ushbu saytda Samsung Galaxy A8s himoya ekranining «jonli» rasmi e’lon qilindi:

Galaxy A8s modelining taqdimot va savdoga chiqarilish vaqti aniq emas. Hozirgacha savdoga chiqqan turli modellardagi Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul keladi.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.