Samsung smartfon bozorida Apple’ni chetga surib qo‘ydi

  •   DiMaX
  •  973
  •  31.03.2021 11:57

Samsung smartfon bozorida Apple’ni chetga surib qo‘ydi

Strategy Analytics kompaniyasi fevral oyi uchun jahon smartfon bozorining statistikasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Janubiy Koreya ishlab chiqaruvchisi yetakchiga aylandi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: 2021 yilning eng zo‘r beshta smartfoni (Consumer Reports talqini)

Manbaga ko‘ra, Samsung o‘tgan oyda 24 million dona smartfon sotgan – bu umumiy raqamning 23,1 foiziga teng. Ikkinchi o‘ringa kelsak, ilgari yetakchi bo‘lgan Apple kompaniyasi 23 millionga yaqin smartfon sotgan – bu bilan u bozorning 22,2 foizini egallagan.

Uchinchi o‘rin jahon bozorining 11,5 foizini egallagan Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga nasib etdi. Joriy chorak oxirida kim jahon reytingida birinchi o‘rinni egallashini kuzatib boramiz.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!