Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi

  •   DiMaX
  •  3380
  •  02.12.2020 14:23

Samsung smartfon va planshetlariga Android 11 (One UI 3.0) kelishining rasmiy yo‘l xaritasi

Biz o‘n birinchi avlod «yashil robotchali» tizimni qabul qiladigan Samsung mobil qurilmalarining 63 ta nomdan iborat ro‘yxatini e’lon qilgan edik. Keyinroq chiqqan ma’lumotga ko‘ra, kompaniyaning Android 11 operatsion tizimigacha yangilanuvchi smartfon va planshetlari soni to‘qsontaga borar ekan!

O‘QING: Android 11 bilan chiqayotgan dunyodagi uchinchi smartfon – Galaxy M turkumidagi arzon model!

Samsung endi o‘z mobil gadjetlaridan qay biri qachon Android 11 operatsion tizim talqinini qabul qilishini aytdi. Aniqrog‘i – bu grafikni kompaniyaning Misr bo‘linmasi Samsung Members ilovasida e’lon qildi.

Ishlab chiqaruvchi hozircha to‘qsonta emas, balki 43 ta rusumdagi smartfon va planshetlariga mazkur apdeytni tarqatish vaqtiga aniqlik kiritgan. Unga ko‘ra, qurilmalarning yangilanish yo‘l xaritasi quyidagicha:

2020 yil dekabr:

  1. Galaxy S20
  2. Galaxy S20+
  3. Galaxy S20 Ultra

2021 yil yanvar:

  1. Galaxy S10
  2. Galaxy S10+
  3. Galaxy S10 Lite
  4. Galaxy Note 10
  5. Galaxy Note 10+
  6. Galaxy Note 20
  7. Galaxy Note 20 Ultra
  8. Galaxy Z Flip
  9. Galaxy Z Fold 2

2021 yil fevral:

  1. Galaxy Fold

2021 yil mart:

  1. Galaxy M21
  2. Galaxy M30s
  3. Galaxy M31
  4. Galaxy A51
  5. Galaxy Note 10 Lite
  6. Galaxy Tab S7

2021 yil aprel:

  1. Galaxy A50
  2. Galaxy M51

2021 yil may:

  1. Galaxy A21s
  2. Galaxy A31
  3. Galaxy A70
  4. Galaxy A71
  5. Galaxy A80
  6. Galaxy Tab S6
  7. Galaxy Tab S6 Lite

2021 yil iyun:

  1. Galaxy A01-Core
  2. Galaxy A01
  3. Galaxy A11
  4. Galaxy M11
  5. Galaxy Tab A

2021 yil iyul:

  1. Galaxy A30
  2. Galaxy Tab S5e

2021 yil avgust:

  1. Galaxy A10
  2. Galaxy A10s
  3. Galaxy A20
  4. Galaxy A20s
  5. Galaxy A30s
  6. Galaxy Tab A 10.1
  7. Galaxy Tab Active Pro

2021 yil sentyabr:

  1. Galaxy Tab A8 (2019)

Xo‘sh, bu ro‘yxatda siz ishlatayotgan yoki olmoqchi bo‘lib yurgan modeli ham bormikan?

O‘QING: Rossiyada eng ommabop smartfon brendi – Samsung yoki Xiaomi emas!