Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!

  •   DiMaX
  •  2305
  •  16.04.2020 16:21

Samsung smartfonining daktiloskopini ikki karra tezlashtiramiz!

Janubiy koreyalik texnogigantning aksariyat zamonaviy smartfonlarida daktiloskop displeyga integratsiya qilingan. Lekin mazkur datchikning ishlash sifati va tezligidan foydalanuvchilar hamisha ham rozi emas.

O‘QING: Samsung rosa maqtagan arzon smartfon «g‘isht»ga aylanib qolyapti!

Tinib-tinchimagan odamlar Samsung Galaxy smartfonlarining sozlamalari orqali ulardagi daktiloskopning ishlash tezligini oshirish yo‘lini topishibdi. XDA-Developers dasturchilar hamjamiyati ishtirokchilari buni sinab ko‘rishgan; ayrimlarida mazkur sensorning reaksiya tezligi ikki baravarga oshgan bo‘lsa, boshqalarida salgina tezlashgan.

Nima bo‘lganda ham, buni siz ham sinab ko‘rishingiz mumkin. Buning uchun qurilmaning sozlamalarini ochib, ilovalar bo‘limi – «Apps» bandini ochasiz. Yuqori o‘ng burchakdagi menyu tugmachasini bosib, tizim ilovalarini ko‘rsatuvchi «Show system apps» bandini tanlaysiz. Shu yerda «com.samsung.android.biometrics.app.settings» bandini topib tanlaysiz. Ochilgan oynadan «Battery» bo‘limini bosasiz.

Endi mazkur bo‘limda akkumulyator ishlashini optimizatsiya qiluvchi «Optimize battery usage» bandini tanlab, yuqoridan ochiluvchi menyuda «All» bagdi tanlanganiga ishonch hosil qilasiz. Keyin yana «com.samsung.android.biometrics.app.settings» bo‘limiga kirib, o‘ng tomonidagi tugmachasini chapga surish bilan ushbu funksiyasini o‘chirib qo‘yasiz. So‘ng smartfonni bir o‘chirib-yoqsangiz, barmoq izi sensorining ishlashi tezlashganini sezasiz.

Darvoqe, maxfiy sozlama orqali har qanday Android-smartfonni «uchib» ishlashga majburlash, ularning barmoq izi skaneriga tezkor funksiyalar qo‘shish, mazkur datchikni bir urinishdayoq ishlaydigan qilish, smartfonning old kamerasiga virtual fotochaqnoq qo‘shish usullari haqidagi yo‘riqnomalarimiz ham sizga ma’qul kelsa kerak.

O‘QING: Samsung ikkita arzon va «beli baquvvat» smartfonini kuchaytirib chiqardi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!