Samsung smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchi

Samsung smartfonlar savdosi bo‘yicha yetakchi

Omdia e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yilning uchinchi choragida smartfonlar yetkazib berish hajmi ikkinchi chorakka qaraganda biroz oshdi. Ammo o‘tgan yilning shu davriga taqqoslaganda yetkazib berish hajmi pastlagan. 

64.1 million dona smartfon yetkazib bergan Samsung ikkinchi chorakka qaraganda 3% ko‘proq smartfon sotgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan esa savdo 7.4% pastlagan. Bu borada ikkinchi natijani 52.2 million dona smartfon yetkazib bergan Apple egalladi. O‘tgan yilning shu davriga qaraganda Apple'ning savdosi 2.6% ga oshgan. Shuningdek, Huawei ham o‘tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan bu yil ko‘proq smartfon yetkazib bergan.  

Xitoylik kompaniyalar ichida Xiaomi yetakchi. Kompaniya uchinchi chorakda 40.5 million dona smartfon yetkazib bergan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11.2% ga kam deganidir. Oppo 29.1 million dona smartfon sotgan. O‘tgan yilning shu davrida ushbu ko‘rsatkich 18.9% ga ko‘proq edi. vivo savdosi ham pastlagan - 25.3 million. Bu savdo bir yil ichida 22.4% ga pastlaganini bildiradi. 

Transsion uchinchi chorakda 15.1 million dona smartfon yetkazib bergan. Kompaniyaning savdosi bir yil ichida 21.7% ga kamaygan. realme'ning savdosi ham o‘tgan yilning uchinchi choragiga nisbatan 11.7% ga pastlagan. Honor bu borada biroz stabil ko‘rsatkich qayd etgan. Shu yilning uchinchi choragida kompaniya 14.2 million dona smartfon sotgan bo‘lsa, o‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 14.5 million edi. 

O‘QING: Tez orada Windows 11 bilan smartfoningiz ma’lumot uzatish nuqtasini yoqa olasiz 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!