Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

  •   DiMaX
  •  1269
  •  01.05.2019 16:41

Samsung smartfonlar uchun «ko‘rinmas» kameralar, «gapiruvchi» va to‘liq daktiloskopli ekranlar tayyorlamoqda

Janubiy koreyalik texnogigant o‘zining bu yilgi bir qator smartfonlarida Infinity-O turidagi displey qo‘lladi. Ya’ni, ularda old kamera ekrandagi tirqishga joylangan. Ammo Samsung bu bilan ham to‘xtab qolmoqchi emas...

O‘QING: Galaxy A60 namoyish qilindi: NFC, «gapiruvchi» va «teshik» ekran, 32 MPlik ikkita kamera va o‘rtacha narx!

Hozirda Samsung yanada ilg‘or texnologiya ustida ishlayapti – kelajakda uning smartfonlari ekranida ko‘rinmaydigan kameralar joylashadi. Ya’ni – ekran to‘lig‘icha kontentni aks ettiraveradi, faqat selfi olayotganidagina ekran ostida yashirin old kamera ishga tushadi.

Bundan tashqari, Samsung yana to‘liq ekranli ultratovushli barmoq izi skanerini ham tayyorlamoqda. Mazkur texnologiyaga ega bo‘lgan smartfonni egasi ekranning istalgan joyiga barmoq bosib blokdan chiqara oladigan bo‘ladi.

Kompaniya ishlanmalarining yana bir yo‘nalishi – tovushni dinamiksiz, bevosita ekranning o‘zi vositasida uzatish texnologiyasidir. Janubiy koreyaliklar kelajakda o‘z smartfonlarida shu kabi texnologiyalar bilan boyitishlari kutilmoqda.

O‘QING: Samsung hatto eng arzon – Galaxy J smartfonlarini ham Android 9 Pie’gacha yangilay boshladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!