Samsung smartfonlar uchun yangi kamera ustida ishlamoqda

Samsung smartfonlar uchun yangi kamera ustida ishlamoqda

Samsung kompaniyasi smartfonlar uchun BRITECELL nomli yangi kamera fotomodulini ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu kamerada ko‘rsatish imkoniyati yanada oshiriladi, yorug‘lik yetarli bo‘lmagan vaziyatda ranglar yorqinligi va aniqligi ta’minlanadi. Ya’ni sensor BRITECELL 20 Mp ko‘rsatish qobiliyatiga ega

Eslatib o‘tamiz, Samsung kompaniyasi joriy yilning bahor faslida 8-megapiksel fotosensorli frontal kamera, ISOCELL texnologiyasidagi asosiy kamera ishlab chiqilgani haqida xabar qilgandi. Matritsadagi bu turdagi piksellar bir-biridan fizik to‘siq yo‘li bilan ixotalanadi va shu bois, fotodiodlar ko‘proq foton olishga erishadi, piksellar o‘rtasida elektr shovqinlari kamayadi. Natijada kameraning yetarlicha yorug‘lik bo‘lmagan joylarda olgan suratlarida tiniqlik yanada ortadi va ranglar uzatmasi ham a’lo darajaga yetadi.

Mish-mishlarga ko‘ra, aynan shu turdagi (BRITECELL)kameralar kelgusi yilda namoyish etilishi kutilayotgan Galaxy S7 smartfoniga o‘rnatilishi mumkin.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!