Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

  •   DiMaX
  •  2311
  •  23.06.2020 14:46

Samsung smartfonlarga chegirma e’lon qilayotib, Huawei’ni masxaraladi

Turli texnologik kompaniyalar o‘z reklamalarida raqiblarining yoki ular mahsulotlarining ustidan kulishlari uchrab turadi. Janubiy koreyalik gigant ham kuni kecha Rossiyadagi chegirma aksiyasida shunday yo‘l tutdi.

O‘QING: Huawei biryo‘la Samsung va Apple’ni masxaraladi

Rossiyadagi rasmiy do‘konida Galaxy A va Galaxy M turkumidagi smartfonlariga chegirma e’lon qilgan Samsung, bu borada Huawei’ni bir «turtib» o‘tishni ham esdan chiqarmagan. Ya’ni, taklif etilayotgan qurilmalar Google servislariga ega ekanligiga ishora qilgan:

Ma’lumki, ayni damda faqatgina Huawei kompaniyasi smartfonlari Google servislaridan mahrum etilgan. AQSh hukumati joriy etgan sanksiyalar bois, bu xitoylik korporatsiya qidiruv gigantining servislariga ega bo‘lgan yangi qurilmalar chiqarishga haqli emas.

Samsung rasmiy saytidagi chegirmalar esa 30 iyungacha davom etadi, bunda smartfon xarid qilayotib, «OKGOOGLE» (buyam Huawei’ga tegib ketadigan ishora) promokodini kiritganlar chegirmaga ega bo‘ladi.

O‘QING: Huawei tarixda ilk bor Samsung’ni quvib o‘tib, 1-raqamli smartfonsozga aylandi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.