Samsung smartfonlari egalariga Microsoft’dan xushxabar bor!

  •   DiMaX
  •  1420
  •  19.09.2020 16:45

Samsung smartfonlari egalariga Microsoft’dan xushxabar bor!

Windows 10 operatsion tizimi uchun ishlab chiqilgan Your Phone dasturi (o‘zbekchada «Telefoningiz» deb nomlangan) kompyuterni hamda Android-smartfonni yagona ekotizimga birlashtirish imkonini beradi. Uning yordamida kompyuter yoki noutbukning o‘zidanoq SMS yuborish o‘rgangan, shuningdek...

O‘QING: Microsoft’ning yangi ilovasi bilan yaqinda smartfonsiz ham qo‘ng‘iroq qila olasiz!

Ushbu ilovaning Twitter tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali xabar berishlaricha, Android-smartfondagi istalgan bir ilovani Windows 10 tizimli kompyuterda alohida oyna sifatida ochib ishlatish funksiyasi beta-test doirasidan chiqib, barchaga taqdim etilgan. Lekin hozircha bu funksiya faqat Samsung smartfonlarida ishlaydi.

Mazkur jarayonda aslida barcha ilovalar smartfonning o‘zida bajariladi, «Telefoningiz» ilovasi esa uning tasvirini kompyuter ekraniga uzatib turadi. Bu funksiyani qo‘llab-quvvatlovchi telefon modellari esa quyidagi ro‘yxatda:

  1. Microsoft Surface Duo
  2. Samsung Galaxy Note 9
  3. Samsung Galaxy S9
  4. Samsung Galaxy S9+
  5. Samsung Galaxy Note 10
  6. Samsung Galaxy Note 10+
  7. Samsung Galaxy Note 10 Lite
  8. Samsung Galaxy Fold
  9. Samsung Galaxy S10
  10. Samsung Galaxy S10+
  11. Samsung Galaxy S10 Lite
  12. Samsung Galaxy S10e
  13. Samsung Galaxy Note 20 5G
  14. Samsung Galaxy Note 20 Ultra 5G
  15. Samsung Galaxy A8s
  16. Samsung Galaxy A30s
  17. Samsung Galaxy A31
  18. Samsung Galaxy A40
  19. Samsung Galaxy A41
  20. Samsung Galaxy A50
  21. Samsung Galaxy A50s
  22. Samsung Galaxy A51
  23. Samsung Galaxy A51 5G
  24. Samsung Galaxy A60
  25. Samsung Galaxy A70
  26. Samsung Galaxy A70s
  27. Samsung Galaxy A71
  28. Samsung Galaxy A71 5G
  29. Samsung Galaxy A80
  30. Samsung Galaxy A90s
  31. Samsung Galaxy A90 5G
  32. Samsung Galaxy S20
  33. Samsung Galaxy S20+
  34. Samsung Galaxy S20 Ultra
  35. Samsung Galaxy Fold
  36. Samsung Galaxy XCover Pro
  37. Samsung Galaxy Z Flip
  38. Samsung Galaxy Z Flip 5G
  39. Samsung Galaxy Z Fold 2 5G

Hozircha mazkur dastur orqali Android-smartfondagi bittagina ilovani kompyuterda ochib ishlash imkoni mavjud. Biroq Microsoft shu yilning oxirigacha bir vaqtning o‘zida bir nechta ilova ochiladigan qilishga va’da bermoqda.

Your Phone dasturining ushbu funksiyasidan foydalanish uchun kompyuteringiz Windows 10 operatsion tizimining October 2018 Update versiyasigacha yangilangan bo‘lishi lozim. Shuningdek, smartfoningizga Link to Windows ilovasi o‘rnatilgan va har ikkala gadjet bitta Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lishi ham talab etiladi.

O‘QING: Android’da SMS o‘chib ketsa uni qanday tiklaymiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!