Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

  •   DiMaX
  •  2080
  •  16.05.2020 14:54

Samsung smartfonlari, planshetlari va televizorlariga chegirma, yana sovg‘alari ham bor!

Rossiyadagi rasmiy Samsung onlayn do‘koni chegirmalar va sovg‘alarni o‘z ichiga oluvchi bir nechta aksiyalarini e’lon qildi. Ular doirasida kompaniyaning ayrim rusumlardagi planshetlari, televizor va flagman smartfonlarini qulay shartlar asosida xarid qilish mumkin.

O‘QING: Galaxy A21s taqdim etildi – Android 10 tizimli avtonomlik monstri!

16–17 may kunlari televizorlarga katta chegirmalar e’lon qilingan. Masalan, RU7200 Series 7 rusumli, diagonaliga 65 dyuymlik 4K-televizor odatdagi 80 990 rubl o‘rniga 49 990 rublga taklif qilinmoqda.

Shuningdek, dam olish kunlari SUNDAYSALE promokodi asosida ayrim qurilmalarga 20 foizlik chegirma mavjud: Galaxy Note 10, Galaxy S10, Galaxy S10 Lite va Galaxy Note 10 Lite smartfonlari, Galaxy A turkumidagi qurilmalar, planshetlar, Galaxy Watch Active 2 va boshqa «aqlli» soatlar, yana simsiz quloqchinlar. Eng yangi – Galaxy S20 turkumidagi flagmanlarga esa bu promokod bo‘yicha 10 foizlik chegirma belgilangan.

O‘QING: Galaxy M51 va Galaxy M31s arzon smartfonlari ham flagmancha xususiyatga ega bo‘lyapti

«Yanada ko‘proq sovg‘alar» aksiyasi doirasida esa ayrim tovarlar xaridida hadya qo‘shib berilyapti. Galaxy S20 turkumidan biror smartfon olganlarga Galaxy Watch Active smart-soati (alohida holida 16 990 rubllik), shuningdek, yarim yillik Yandex.Plus hamda to‘rt oylik Youtube Premium obunasi taqdim etiladi. Note 10 Lite yoki S10 Lite xaridida Samsung Galaxy Buds simsiz quloqchini va Yandeks.Plyus obunasi, Note 10 olganda Galaxy Watch Active hamda Yandeks.Plyus obunasi, Galaxy A71 xaridida esa – poverbank va Yandeks.Plyus obunasiga ega bo‘lasiz. Televizor xarid qilib esa ikkinchi televizorni yoki saundbarni olish mumkin bo‘ladi.

Bulardan tashqari, Galaxy Tab S6 yoki Tab S5e planshetlarini 31 maygacha olganlarga 9 990 rubllik Samsung Galaxy Buds quloqchini tuhfa etiladi.

Demak, hozirda Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rsmiy saytdagi tegishli sahifaga mana bu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalanishlari mumkin. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda shu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘ysangiz ham bo‘ladi.

O‘QING: TOP-6: eng ko‘p sotilgan Android-smartfonlar (2020 yil 1-chorak)

Terabayt.uz сайтининг бепул эълонлар каналига қўшилинг.