Samsung smartfonlari uchun Android 13 qachon chiqarilish sanasi ma'lum qilindi

Samsung smartfonlari uchun Android 13 qachon chiqarilish sanasi ma'lum qilindi

Google o'zining Pixel smartfonlari uchun bu yilgi katta Android yangilanishi, Android 13 ning barqaror versiyasini allaqachon chiqarib ulgurdi. Endilikda boshqa Android telefon ishlab chiqaruvchilari ham o'z smartfonlari uchun unga asoslangan yangilanish ustida ishlashmoqda. Shulardan biri taniqli Janubiy Koreya kompaniyasi Samsung bo'lib, u bir necha hafta avval o'zining Galaxy smartfonlari uchun Android 13 ga asoslangan One UI 5.0 yangilanishining beta dasturini ochiq deb e'lon qildi. Albatta, endigina test qilinayotgan ushbu yangilanish hozirda faqat flagman smartfonlar, Galaxy S22 qatori uchun sanoqli davlatlarda chiqarilgan.

Ma'lum bo'lishicha, Samsung hafta boshida One UI 5.0 beta versiyaning ikkinchi yangilanishini chiqarib ulgurgan. Garchi kompaniya yakuniy barqaror versiya qachon chiqarilishini rasman ma'lum qilmagan bo'lsa ham, internetda ommaviy relizning tahminiy sanasi haqidagi ma'lumotlar allaqachon tarqatib bo'lindi.

Koreyalik likster, @RodeoSuper o'zining Twitter sahifasida xabar berishicha, Android 13 ga asoslangan One UI 5.0 yangilanishi rasman 17 yoki 19-oktabrda Galaxy S22, Galaxy S22+ va Galaxy S22 Ultra uchun chiqariladi. Albatta, ungacha beta dasturi muvvaffaqiyatli yakunlanadi.

Android 13 kabi One UI 5.0 ham unchalik revolyutsion yangilanish emas, balki, bir nechta yaxshilanishlar va yangi xususiyatlarni o'z ichiga olgan versiya bo'lib, unda asosan kosmetik va maxfiylikka asoslangan o'zgarishlar mavjud.

Yaqin haftalarda Samsung beta dasturini Galaxy S22 qatoridan tashqari boshqa mos qurilmalarga ham chiqarishi kutilmoqda.

O'QING: Qaysi iPhone modellari eSIM'ni qo‘llab-quvvatlaydi? (ro‘yxat)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!