Samsung smartfonlari va planshetlarida bepul TV Plus servisi paydo bo‘ladi

  •   DiMaX
  •  1735
  •  23.04.2020 12:16

Samsung smartfonlari va planshetlarida bepul TV Plus servisi paydo bo‘ladi

Janubiy koreyalik texnogigant o‘tgan yili o‘zining «aqlli» televizorlarida Samsung TV Plus servisini ishga tushirgan edi. Bu – turli yo‘nalishlardagi yuzdan oshiq telekanallarni o‘z ichiga olgan bepul xizmatdir.

O‘QING: Koronavirus tufayli O‘zbekistonda yana beshta ommabop telekanal ochiq rejimda tarqatiladi

Manbalarga ko‘ra, Samsung kompaniyasi endi Samsung TV Plus servisini mobil qurilmalarga ham chiqarmoqchi. Aftidan, ishlab chiqaruvchi uni faqat o‘z smartfonlari va planshetlari uchungina taqdim etadi.

Samsung TV Plus mobil qurilmalar uchun qachon chiqishi hozircha ma’lum emas. Kompaniyaning smart-televizorlarida bo‘lgani kabi, smartfon va planshetlarida ham undan bepul foydalanish bo‘lishi tabiiy.

Yodingizda bo‘lsa, bultur kompaniya «yoshlarbop» tikka televizor – Samsung Sero modelini ham taqdim etgan edi. Samsung TV Plus mana shu gadjetiga va mobil qurilmalariga mos formatdagi kontentni ham ulashsa kerak.

O‘QING: Eng qimmat flagman DxOMark reytingida: Samsung bu sharmandalikni ko‘tara olarmikan?!. (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!