Samsung smartfonlaridagi sirli diagnostika funksiyasidan qanday foydalanish mumkin?

Samsung smartfonlaridagi sirli diagnostika funksiyasidan qanday foydalanish mumkin?

Ba'zan shunday paytlar bo'ladiki, sizning Samsung Galaxy planshetingiz yoki smartfoningiz yaxshi ishlamay qoladi. Ehtimol, muammo sensor ekraningizda yoki batareyangizda bo'lishi mumkin. Buni bilish uchun esa siz Samsung qurilmangizni to'liq diagnostika qilishingiz mumkin. Qanday deysizmi? Unda o'qishda davom eting.

Galaxy smartonfingiz yoki planshetingizni nosozliklarga tekshirish uchun sizga Samsung Members ilovasi kerak bo'ladi. Uni siz Google Play Store ilovalar do'konidan yuklab olishingiz mumkin. Ilovani yuklab olib, o'rnatganingizdan keyin unga kirishingiz bilan Diagnostics tugmasini ko'rasiz yoki ilovadagi Support yorlig'iga o'tib, u yerdan ham Diagnostics bo'limiga o'tishingiz mumkin. Yoki shunga o'xshash yana boshqa yo'l: Sozlamalar ilovasini oching va u yerdan Device Care bo'limiga o'tib, u yerdan Diagnostics'ga o'ting.

Diagnostics bo'limida sizga qurilmangizning asosiy funksiyasilari ro'yxati ko'rsatiladi. Siz ularning har birini alohidadan bosib, sinovdan o'tkazishingiz yoki pastdagi "Test All", ya'ni "hammasini test qilish" tugmasini bosib, birin-ketin tekshirishingiz mumkin bo'ladi. Ayrim funksiyalar avtomatik tarzda tekshiriladi, ayrimlariga esa siz yordam berishingiz kerak. Masalan, ekran sensorini tekshirish uchun ko'rsatilgan katakchalarni hammasini bo'yab chiqishingiz talab etiladi. Shunday qilib, test davomida funksiyalar to'g'ri ishlayaptimi degan savollarga holatga qarab javob berishingiz ham kerak.

Muvaffaqiyatli amalga oshirilgan sinovlar ko'k bilan belgilanadi. Natijani ko'rish yoki qayta test qilish uchun siz uning ustiga bosishingiz mumkin. Aytish kerakki, ma'lum funksiyalarni siz keyinroq test qilish uchun o'tkazib yuborishingiz ham mumkin. Agar qurilmangizdagi bironta funksiyada xatolik aniqlansa, u qizil bilan belginadi va sizga ilova ichida kerakli maslahatlar taklif qilinadi.

O'QING: O‘zbekistonda mobil internet narxi arzonlashdi(mi?)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.