Samsung smartfonni koronavirusdan tozalovchi sanitayzer sota boshladi

  •   DiMaX
  •  238
  •  03.07.2020 16:55

Samsung smartfonni koronavirusdan tozalovchi sanitayzer sota boshladi

Bugungi kunda butun dunyo ahli uchun jiddiy muammoga aylangan koronavirus smartfon orqali ham yuqishi mumkin. Biz buning oldini olish uchun gadjetni nima bilan va qanday tozalash bo‘yicha yo‘riqnoma ham e’lon qilganmiz.

O‘QING: Xakerlar koronavirusdan foydalanib kompyuterlarga hujum qila boshlashdi!

Samsung esa buning zamonaviy yechimini taklif qildi – UV Sanitizer nomli yangi mahsulotini taqdim etdi. Bu – smartfon yuzasini ultrabinafsha nurlari bilan bakteriya va viruslardan tozalaydigan sterilizatordir.

UV Sanitizer xuddi mitti solyariy (sun’iy quyoshda toblanish qurilmasi) kabi ko‘rinishga ega – o‘lchamlari 22,8x12,8x4,9 millimetr keladi. Foydalanuvchi uning ichiga smartfonni qo‘yib, qopqog‘ini yopadi, uyog‘iga qurilmaning o‘zi devays korpusini barcha jonlilardan tozalab beradi.

Tabiiyki, Samsung UV Sanitizer barcha brendlar smartfonlarini sterillab bera oladi, uning ichiga hatto Galaxy S20 Ultra kabi yirik korpusli modellar ham sig‘adi.

O‘QING: Atigi 270 dollarlik, lekin eng katta ekranli 5G-smartfon namoyish qilindi!

Buniga emas – ushbu sanitayzer Qi standartida simsiz quvvatlash texnologiyasi bilan ham jihozlangan. Mazkur texnologiya bo‘yicha simsiz zaryad oluvchi smartfonlarni uning ichiga qo‘yib, bir vaqtning o‘zida ham sterillab, ham quvvatlab olish mumkin!

Ayni damda Samsung UV Sanitizer faqat Tailandda, taxminan 50 AQSh dollariga teng narxda sotuvga chiqqan. Uning endi boshqa mamlakatlarda ham savdoga qo‘yilishini kutishimiz o‘rinli.

Shu o‘rinda yana bir narsani aytib o‘tish kerakki, yaqinda Samsung ko‘plab mamlakatlardagi servis markazlarida o‘zi ishlab chiqargan smartfonlarni ultrabinafsha nurlari yordamida bepul dezinfeksiyalab berish xizmatini yo‘lga qo‘ygan. Smartfonni spirtli antiseptiklar yordamida artib tozalashdan ko‘ra bu usulda sterillashning afzalliklari ko‘p – ekranning oleofob qoplamasiga zarar yetmaydi.

O‘QING: Xizmat ko‘rsatish markazlarida sizni qanday qilib laqillatishadi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!