Samsung suratlar bilan ishlaydigan yangi ilova chiqardi

Samsung suratlar bilan ishlaydigan yangi ilova chiqardi

Smartfoningiz kamerasi qanchalik yaxshi bo'lmasin, ba'zan suratlaringiz xira bo'lib qolishi yoki unga yorug'lik yetmay qolishi holatlari uchrab turadi. Ma'lum bo'lishicha, Samsung suratlardagi shu kabi muammolarni to'g'rilashda yordam beradigan Galaxy Enhance-X ilovasini ortiqcha dabdabalarsiz 7-iyulda Galaxy Store'ga chiqargan. Adobe Ligtroom, Snapseed kabi ilovalarga raqobatchi bo'ladigan ushbu Samsung ilovasi suratlarni tahrirlash uchun sun'iy intellektdan foydalanadi.

Galaxy Enhance-X xira suratlarni tiniqlashtirishda, kam yorug'likda olingan suratlarni yanada yorug'lashtirishda, raqamli displeylardan olingan suratlarda paydo bo'ladigan chiziqlarni yo'qotishda, surat o'lchamini kattalashtirishda va boshqalarda yordam beradi. Undan foydalanish, boshqa ilovalarga qaraganda sezilarli darajada oson bo'lib, amallar soniyalar ichida bajariladi.

Galaxy Enhance-X hozircha faqat Galaxy Store ilovalar do'konida mavjud bo'lib, uni siz hoziroq yuklab olib sinab ko'rishingiz mumkin. Afsuski, ilova hamma Galaxy smartfonlari uchun ham mos emasligi aytilmoqda.

O'QING: Galaxy Z Fold 4 va Galaxy Z Flip 4 taqdimot sanasi ma’lum bo‘ldi