Samsung suv o‘tkazmas Galaxy A52 hamda Galaxy A72 taqdimot kunini aytdi!

  •   DiMaX
  •  1894
  •  09.03.2021 17:45

Samsung suv o‘tkazmas Galaxy A52 hamda Galaxy A72 taqdimot kunini aytdi!

Janubiy koreyalik gigantning shu kunlarda eng kutilayotgan smartfonlari ikkita – Galaxy A52 hamda Galaxy A72 modellaridir. Ularning texnik xususiyatlari va dizaynlari haqidagi ma’lumotlar, suratlari yetarlicha sizib chiqqan.

O‘QING: Yana bir hamyonbop Samsung smartfonining surati va xususiyatlarini Google «sotib qo‘ydi»!

Endi esa Samsung ushbu qurilmalarning rasmiy namoyish kunini ham e’lon qildi. Aniqrog‘i – kompaniya navbatdagi Galaxy Unpacked marosimining sanasini ma’lum qildi va unda shu ikki hamyonbop smartfon ko‘rsatilishi kutilmoqda.

Demak, keyingi hafta – 17 mart kuni yangi qurilmalar namoyishiga guvoh bo‘lamiz. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy A52 hamda Galaxy A72 smartfonlarining ikkalasi ham microSD-karta uyachasiga, GPS, Wi-Fi b/g/n/ac, Bluetooth 5.0 va NFC modullariga, USB Type-C porti va quloqchin tirqishiga ega. Bulardan tashqari, ularning korpuslari IP67 standartiga ko‘ra chang va suv kirishidan himoyalangan.

Galaxy A72 xususiyatlari

Eslatib o‘tamiz, Galaxy A52 5G hamda Galaxy A72 smartfonlari beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llamaydigan – tegishlicha Galaxy A52 4G va Galaxy A72 4G talqinlarida ham chiqadi. Har ikkala smartfonning 5G-versiyalari Snapdragon 750G chipseti, 4G-versiyalari esa Snapdragon 720G protsessori bazasiga qurilgan.

O‘QING: Global bozordagi eng kuchli o‘nta hamyonbop Android-smartfon (AnTuTu reytingi, 2021 yil fevral)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!