Samsung tan oldi: uning BARChA smartfon va planshetlarida josuslik dasturi bor ekan!

  •   DiMaX
  •  2713
  •  08.01.2020 12:08

Samsung tan oldi: uning BARChA smartfon va planshetlarida josuslik dasturi bor ekan!

Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi bilan bog‘liq yana bir mojaro ko‘tarildi. Bu gal, kelib-kelib yetakchi smartfonsoz – Samsung kompaniyasining mobil qurilmalari josuslik qilishi aniqlandi.

O‘QING: Asus, Samsung, Sony va Xiaomi: Zavoddanoq xavfli dasturlar o‘rnatilgan 32 ta smartfon

Reddit ijtimoiy yangiliklar rusursi foydalanuvchilaridan biri Samsung smartfonlari va planshetlarida josuslik dasturiy ta’minoti mavjudligini aytib qoldi. Bu yerda gap janubiy koreyalik gigantning mobil qurilmalarida chindan ham mavjud bo‘lgan Device Care funksiyasi haqida ketyapti.

Qurilmaning xotirasi bilan ishlovchi Device Care utilitasida Qihoo 360 kompaniyasining dasturiy ta’minoti qo‘llanishini Samsung ham inkor etmayapti. Biroq ushbu dasturiy ta’minot muntazam tarzda Xitoydagi serverlar bilan bog‘lanib turishi sababini negadir yetakchi smartfonsoz izohlamagan.

Aytish kerakki, Qihoo 360 kompaniyasi avval ham foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari maxfiyligi bilan bog‘liq mojarolar markazida bo‘lgan. Uning dasturiy ta’minoti Samsung smartfon va planshetlarining xotirasiga to‘liq kira oladi va buni cheklashning ham imkoni yo‘q, chunki Device Care bu qurilmalarda operatsion tizimning tarkibiy qismi hisoblanadi.

O‘QING: Smartfoningizda josuslik qilayotgan oltita antivirus