Samsung taqdim etib ulgurmagan o‘ta arzon smartfon allaqachon xususiyat va narxlari bilan do‘konga chiqdi!

  •   DiMaX
  •  1105
  •  02.04.2021 13:34

Samsung taqdim etib ulgurmagan o‘ta arzon smartfon allaqachon xususiyat va narxlari bilan do‘konga chiqdi!

Janubiy koreyalik gigantning baquvvat batareya va kuchli Qualcomm chipli Galaxy M42 5G smartfoni yaqindagina Geekbench servisida qo‘lga tushgan edi. Bundan tashqari, ushbu benchmarkda yangicha Galaxy S20 FE modeli ham tekshirib ko‘rilgan – garchi Snapdragon 865 protsessoriga ega bo‘lsa-da, uning jamlanmasida 5G-modem yo‘q!

O‘QING: Samsung smartfon bozorida Apple’ni chetga surib qo‘ydi

5 aprel kuni Samsung o‘ta arzon narx toifasiga mansub yana bitta – Galaxy F02s smartfonini rasman namoyish qiladi. Rasmiy anonsga bir necha kun qolganida, bu qurilma Amazon internet-do‘konining Hindiston bo‘linmasida paydo bo‘ldi.

E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, Galaxy F02s diagonaliga 6,5 dyuymlik HD+ displey bilan jihozlangan. Uning tomchisimon kemtigiga esa 5 megapiksellik selfi-kamera o‘rnatilgan.

Smartfonning bosh kamerasi uchtalik: 13 megapiksellik asosiy modul + keng burchakli ob’yektivga ega 2 megapiksellik sensor + sahna chuqurligin aniqlovchi 2 megapiksellik datchik.

O‘QING: Ikkita versiyada Samsung Galaxy A52 chiqdi – narx va xususiyatlari

Galaxy F02s modelining maqtangulik jihatlaridan biri – 5000 mA/soatlik akkumulyatoridir. Smartfonning apparat ta’minoti asosini Qualcomm Snapdragon 450 protsessori tashkil etadi. Samaradorlikni ta’minlashda unga 3 yoki 4 gigabaytlik tezkor xotira ko‘makdosh bo‘ladi.

Samsung bu mahsulotini 32 va 64 gigabaytlik doimiy xotirali variantlarda taklif etadi. Shuningdek, unga naq bir terabaytgacha hajmdagi microSD formatli xotira kartasi qo‘yish mumkin.

Kompaniyaning aksariyat arzon smartfonlari qatori, Galaxy F02s ham Hindistonda namoyish etilib, ilk bor shu mamlakatda sotuvga chiqadi. Uning 3/32 gigabaytligi uchun 9000 rupiy (taxminan 123 AQSh dollari), 4/64 gigabaytligi uchun esa 10000 rupiy (taxminan 136 dollar) miqdorida narx belgilangan.

O‘QING: 400 dollargacha bo‘lgan smartfonlar: qaysi birini sotib olgan yaxshi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!