Samsung tasodifan Galaxy Note 20 turkumidagi yangi smartfonni «sotib» qo‘ydi!

  •   DiMaX
  •  751
  •  03.11.2020 09:52

Samsung tasodifan Galaxy Note 20 turkumidagi yangi smartfonni «sotib» qo‘ydi!

Janubiy koreyalik texnogigant sentyabrda o‘zining Galaxy S20 FE (ya’ni – Galaxy S20 Fan Edition) rusumli hamyonbop flagmanini namoyish etgan. Biz esa ungacha mazkur qurilma ishlatib, asosiy funksiyalari namoyish etilgan «jonli» videoni, shuningdek to‘liq texnik jihatlari va qadoq tarkibi ham e’lon qilganmiz. Bulardan tashqari, uning eng g‘alati anboksing videosi ham mavjud – unda Galaxy S20 FE qadog‘ini ochish, o‘zini sinab ko‘rish ishlarining barchasi suv ostida bajarilgan!

O‘QING: Xiaomi’ga qasdma-qasd: Samsung ham arzon flagmani narxini naq 95 dollarga pasaytirdi!

Endi esa Samsung kompaniyasi Galaxy Note 20 turkumidagi fabletlarning ham shunaqa – fanatlarga bag‘ishlangan versiyasini tayyorlayotgani ma’lum bo‘ldi. Ishlab chiqaruvchining Braziliyadagi rasmiy saytida mayda shrift bilan Galaxy Note 20 FE modeli eslab o‘tilgan:

Samsung saytidagi ushbu ma’lumotga ko‘ra, Galaxy Note 20 FE ekranining o‘lchami diagonaliga 6,5 dyuymga (burchaklari dumaloqlanganligi evaziga – 6,3 dyuymga) teng.

Mazkur fabletning texnik xususiyatlari va qachon taqdim etilishi hozircha noma’lum. Biroq uning standart Galaxy Note 20 modelidan arzonroq va kuchsizroq bo‘lishini anglash qiyin emas.

O‘QING: AnTuTu’da rekordchisini Samsung keyingi haftadayoq namoyish qiladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!