Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

  •   DiMaX
  •  1594
  •  12.01.2019 11:33

Samsung tasodifan o‘z rasmiy saytida Galaxy S10 suratini chiqardi!

Janubiy koreyalik texnogigant Galaxy S10 turkumidagi flagmanlarning taqdimot sanasini rasman e’lon qilgan. Ammo muddatidan avval ularning ayrim jihatlari ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: «JONLI» VIDEO: Galaxy S10 ekrani «tirqish»idagi old kamera ko‘p funksiyali LED-chiroq bilan o‘ralgan!

Endi esa, kutilmaganda Samsung o‘zining Galaxy S10 hamda S10+ flagmanlarining dizaynini ham ko‘rsatib qo‘ydi. Kompaniya rasmiy saytining yangi – One UI grafik qobig‘iga bag‘ishlangan maqolada suratlar ham e’lon qilingan. Ulardagi smartfon dizayni hozirgacha taqdim etilgan birorta modelnikiga o‘xshamasligini Reddit foydalanuvchilaridan biri payqab qolgan.

Samsung o‘z xatosini payqab qolib, tezda maqoladagi rasmni almashtirib qo‘ygan. Ammo shungacha suratni saqlab olganlar uni internetga chiqarib yuborishgan. Ularda displey atrofidagi romlarning yanada yupqa ekanligi ko‘rinib turibdi.

Avvalroq kompaniya yangi turkumga mansub arzon Galaxy M10 hamda Galaxy M20 smartfonlari haqidagi ma’lumotlarni ham tasodifan e’lon qilib yuborgan edi.

O‘QING: Samsung Galaxy M smartfonlarining narxlari e’lon qilindi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.