Samsung taxlama flagmani TENAA’da sertifikatlandi, uning har tomonlama suratlarini tomosha qiling!

  •   DiMaX
  •  1890
  •  12.10.2018 17:51

Samsung  taxlama flagmani TENAA’da sertifikatlandi, uning har tomonlama suratlarini tomosha qiling!

Janubiy koreyalik texnogigant Samsung W2019 (SM-W2019) rusumli flagman smartfonini tayyorlayotgani haqida avvalroq xabar bergandik. Ushbu gadjet «raskladushka» form-faktorida bo‘lib, bulturgi Samsung W2019 modelining «avlodi» hisoblanadi.

O‘QING: Buklama-flagman Samsung W2019 o‘zini uzoq kuttirmaydi

Ushbu qurilma yaqinda Wi-Fi Alliance ma’lumotlar bazasida «ko‘zga chalingan» edi. Endi esa u Xitoyning elektron qurilmalarni sertifikatlash markazi – TENAA bazasida chin ma’noda ko‘rindi. Ya’ni, mazkur tashkilot saytida Samsung W2019 modelining haqiqiy suratlari ham e’lon qilindi.

TENAA’da bu smartfon Lykan kodli nomi ostida sertifikatsiyadan o‘tganida ayrim texnik jihatlari ham ma’lum bo‘lgan. Yakka kristalli Snapdragon 845 protsessoriga ega ushbu «raskladushka» ikkita displeyga va qo‘shaloq kameraga ega.

Garchi birmuncha kech – shu yilning oxirida taqdim etilsa-da, Samsung W2019 flagmaniga Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini o‘rnatilmoqda. Android 9.0 Pie versiyasidagi proshivkaga esa u kelasi yili ega bo‘ladi.

Aytib o‘tish kerakki, Terashop.uz internet-do‘konimizdan turli modellardagi Samsung smartfonlarini qulay narxlarda olish imkoniyati mavjud. Bunda uyingiz yoki ofisingizdan chiqmasdan turib onlayn buyurtma berish, o‘zingizga qulay usulda to‘lov qilish, haqini tovar qo‘lingizga tekkanidan keyin to‘lashingiz mumkinligi kabi imkoniyatlar sizga ham ma’qul kelishiga ishonamiz.

O‘QING: 650 000 so‘mdan boshlangan Samsung smartfonlarini Terashop.uz’dan oling – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi! (2018 yil 8 oktyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!