Samsung tayyorlagan eng arzon 5G-smartfon sirlarini Geekbench fosh etdi

  •   DiMaX
  •  1176
  •  18.12.2020 15:51

Samsung tayyorlagan eng arzon 5G-smartfon sirlarini Geekbench fosh etdi

Janubiy koreyalik texnogigantning Galaxy A32 5G rusumli yangi telefoni kuni kecha FCC sertifikatini olgan, o‘shanda uning ayrim xususiyatlari oshkor bo‘lgan edi. Samsung endi uning samaradorligini ommabop Geekbench servisida sinab ham ko‘rdi.

O‘QING: Galaxy S21 allaqachon Snapdragon 888 protsessori bilan Geekbench’da... sharmanda bo‘ldi!

Ushbu qurilma benchmarkda SM-A326B model raqami ostida imtihon topshirgan. Galaxy A32 5G yakka yadroli testda 478 ball olgan bo‘lsa, barcha yadrolari ishtirokidagi sinovda 1595 ballik natija ko‘rsatgan:

Benchmark ma’lumotlar bazasida qolgan qaydlarga ko‘ra, Galaxy A32 5G modelida tayvanlik chipsozning Dimensity 720 protsessori qo‘llanmoqda. 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan ushbu chipset tarkibida yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan – maksimal takt chastotasi 2.0 GGs.lik ikkita ARM Cortex-A76 yadrosi ham mavjud.

Geekbench yana shuni ham ko‘rsatmoqdaki, Galaxy A32 5G tezkor xotirasi 4 gigabaytlik hajmga ega. Smartfonga eng yangi – Android 11 operatsion tizim talqini o‘rnatilgan.

O‘QING: Samsung eng arzon 5G-smartfonini butkul yangicha dizaynda tayyorlabdi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.