Samsung televizor xaridorlariga Galaxy smartfonlarini yarim narxida beryapti!

  •   DiMaX
  •  680
  •  03.06.2021 14:19

Samsung televizor xaridorlariga Galaxy smartfonlarini yarim narxida beryapti!

Janubiy koreyalik kompaniya Rossiyadagi rasmiy internet-do‘konida yangi aksiya e’lon qildi. Uning doirasida Samsung televizorini xarid qilgan kishilarga smartfon uchun 50% chegirma taqdim etilmoqda.

O‘QING: Jahondagi ilk «garmoshka» televizor taqdim etildi – naq 400 ming dollar! (video)

Masalan, ekrani diagonaliga 65 dyuym bo‘lgan UHD 4K Smart TV AU9000 Series 9 modelini sotib oluvchilarga Galaxy A72 smartfoni (texnik jihatlari va qadoq tarkibi) yarim narxida beriladi. Asl narxi 39 990 rubl bo‘lgan mazkur telefon televizor bilan birga xarid qilishda 19 995 rublga tushadi.

O‘z narxi 67 990 rubl bo‘lgan flagman smartfon – Galaxy S21 5G modelini esa Q70A QLED 4K Smart TV 2021 televizori bilan birga xarid qilishda 33 995 rublga olish mumkin.

Mazkur aksiya 30 iyungacha davom etadi va uning tafsilotlari, gadjetlar assortimenti bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin. Demak, hozir Rossiyada bo‘lib turgan muxlislarimiz rasmiy saytdagi tegishli sahifaga shu havola orqali o‘tib, chegirmalardan foydalansalar bo‘ladi. Agar yaqinlaringizdan kimdir ayni damda ushbu mamlakatda bo‘lsa – bu yangilikni ularga yetkazib qo‘yishingiz mumkin.

O‘QING: Samsung yana reklama roligida iPhone’ni masxaralab, innovatsion dizaynli yangi smartfon ko‘rsatdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!